Bangladesh
OAV Bangladeshda siyosiy mahbuslar uchun maxsus qamoqxona boʻlganini aniqladi
Bangladeshda sobiq bosh vazir Shayx Hasina davrida soʻnggi 15 yil ichida eng kamida 700 nafar muxolifat aʻʻzosining yoʻqolishi "Oyna uyi" deb nomlangan maxfiy qamoqxona bilan bogʻliq boʻlishi mumkin, deb yozmoqda New York Times nashri.
Davomini o'qish...68419.10.2024 12:05Bangladesh armiyasida hijobga ruxsat berildi
Bangladesh Qurolli Kuchlari ayol zobitlar, askar va tibbiyot xodimlarga oʻz harbiy liboslari uslubiga mos ravishda hijob oʻrashlariga ruxsat berdi. Armiya rahbariyati yangi siyosat ayollarni Bangladesh Qurolli Kuchlari safina qoʻshilishga undashiga umid bildirmoqda.
Davomini o'qish...112626.09.2024 09:54Bangladeshda armiya sud tizimini 60 kunga oʻz qoʻliga oladi
Bangladesh muvaqqat hukumati armiya zobitlariga keyingi 60 kun davomida butun mamlakat boʻylab maxsus sud qilish huquqini (yurisdiktsiya) berish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Ushbu vakolatlar armiyaga politsiya tuzilmasi hali oʻz vazifalarini toʻliq bajarmayotgani, shuningdek, ahyon-ahyonda sodir boʻlayotgangan qoʻporuvchilik harakatlari munosabati bilan berilgani taʻʻkidlandi.
Davomini o'qish...81123.09.2024 08:098 mingga yaqin rohinja musulmonlari Mʻyanmadan Bangladeshga qochib oʻtdi
Bangladesh muvaqqat hukumatining tashqi ishlar boʻyicha maslahatchisi Touhid Husayn Mʻyanmaning Rakxayn shtatidagi mojarolardan qochgan 8 mingga yaqin rohinja musulmonlari Bangladeshga etib kelganini maʻʻlum qildi. “Mamlakat koʻproq qochqinlarga gumanitar boshpana berish imkoniyatiga ega emas va endi rohinja musulmonlarini qabul qila olmaydi”, - dedi u.
Davomini o'qish...100705.09.2024 15:37"Bugun biz ozodmiz!" — Bangladeshda inqilob. Osiyoning "temir xonim"i nega hokimiyatdan agʻdarildi?
Yaqin paytlargacha kuchli rivojlanayotgan Osiyoning kuchli davlatlaridan biri – Bangladeshdagi talatoʻplar bunga misol boʻla oladi. Bangladesh Bosh vaziri, mamlakat asoschisi va “millat otasi” Mujibur Rahmonning qizi Shayx Hasina Vazed talabalar boshchiligida bir necha hafta davom etgan norozilik namoyishlari halokatli va umummilliy tartibsizliklarga aylanib ketganidan soʻng isteʻʻfoga chiqib, mamlakatni tark etdi. Xabarlarga koʻra 76 yoshli bu ayol siyosatchi vertolyotda Hindistonga qochib ketdi va Buyuk Britaniyadan siyosiy boshpana soʻradi.
Davomini o'qish...203331.08.2024 18:00Bangladeshda suv toshqinlari va koʻchkilar qurbonlari soni 27 kishiga etdi
Bangladeshda musson yomgʻirlari tufayli roʻy bergan suv toshqini, koʻchki va daryo toshishi oqibatida halok boʻlganlar soni 27 kishiga etdi, 2 kishi bedarak yoʻqoldi. Yogʻingarchiliklar oqibatlaridan butun mamlakat boʻylab 5,6 millionga yaqin odam jabrlandi, 35 ming bosh chorva mollari xavfsiz hududlarga koʻchirildi.
Davomini o'qish...83628.08.2024 11:03Hindistonning toʻgʻonlarni ochib yuborishi Bangladeshda suv toshqinlariga olib keldi
Hindistonning toʻgʻonni ochib yuborishi Bangladeshda katta hududlarni suv bosishiga sabab boʻlib, gumanitar inqirozni yuzaga keltirdi. Bunga qoʻshni mamlakatda yaqinda hindularga hujum qilinganiga javob sifatida yoʻl qoʻyilgani sabab ekani aytilmoqda. Umuman, kuchli yogʻingarchiliklar va suv toshqinlaridan Bangladeshda 4,5 million kishi jabrlandi, oxirgi uch kun ichida 13 kishi halok boʻldi.
Davomini o'qish...153323.08.2024 14:52Muhammad Yunus Bangladeshning oʻtish davri hukumati rahbari etib tayinlandi
Tinchlik uchun Nobel mukofoti sovrindori, uzoq vaqtdan beri Hasinaning raqibi hisoblangan va "kambagʻallar bankiri" sifatida tanilgan 84 yoshli Muhammad Yunus Bangladesh oʻtish davri hukumati rahbari etib tayinlandi.
Davomini o'qish...111907.08.2024 07:35Bangladeshda norozilik namoyishlari: bosh vazir mamlakatni tark etdi, olomon uning qarorgohini egallab oldi
Bangladesh bosh vaziri Shayx Hasina isteʻʻfoga chiqdi va qoʻshni Hindistonga qochib ketdi. Mamlakat yuzlab odamlarning oʻlimiga olib kelgan ommaviy norozilik namoyishlari davom etmoqda. Armiya shtab boshligʻi general Vaqer-Uz-Zamon muvaqqat hukumat tuzilishini maʻʻlum qildi.
Davomini o'qish...115706.08.2024 08:17Bangladeshda hukumat zoʻravonligiga qarshi namoyishlarda 48 kishi halok boʻldi
Bangladeshda davlat xizmatiga kvota ajratish qaroriga qarshi chiqqan namoyishchilar oʻlimiga eʻʻtibor qaratish maqsadida tashkil etilgan namoyishlarda 48 kishi halok boʻldi. Poytaxt va ayrim hududlarda "muddatsiz komendantlik soati" eʻʻlon qilindi.
Davomini o'qish...100805.08.2024 11:35