Bangladesh muvaqqat hukumati armiya zobitlariga keyingi 60 kun davomida butun mamlakat boʻylab maxsus sud qilish huquqini (yurisdiktsiya) berish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

Bu haqda Davlat boshqaruvi vazirligi memorandumida maʻʻlum qilingan. Hujjatda malakali armiya zobitlari mamlakatning turli viloyatlarida sudʻyalar nazorati ostida ijro sudʻyalik vazifalarini bajarishi belgilangan.

Bangladesh armiyasining jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi direktori podpolkovnik Sami al-Daula Choudrining aytishicha, bu vakolatlar armiyaga politsiya tuzilmasi hali oʻz vazifalarini toʻliq bajarmayotgani, shuningdek, sporadik (ahyon-ahyonda) sodir boʻlayotgangan qoʻporuvchilik harakatlari munosabati bilan berilgan.

Eʻʻtiborlisi, armiya joriy yilning 19 iyulidan buyon huquqni muhofaza qiluvchi organ sifatida xizmat qilmoqda va Bangladesh koʻchalarida uning roli mamnuniyat bilan kutib olindi.

Eslatib oʻtamiz, iyulʻ oyida mustaqillik urushi qatnashchilari oilalariga davlat xizmatiga ishga kirishda 30 foizlik kvota ajratish haqidagi hukumat qaroridan soʻng mamlakatda keng koʻlamli norozilik namoyishlari boshlanib ketdi. Namoyishlar 15 yildan beri hukmronlik qilgan va oxirgi marta shu yilning yanvarʻ oyida toʻrtinchi muddatga qayta saylangan Hasinani hokimiyatdan agʻdarilishiga olib keldi.

Ommaviy namoyishlar boshlanganidan beri 280 dan ortiq odam halok boʻldi. Yuzlab odamlarning oʻlimiga sabab boʻlgan tartibsizliklardan soʻng, mamlakat Oliy sudi ish oʻrinlari kvotalarini bekor qildi.

Mavzuga aloqador