Bangladeshda soʻnggi 15 yil ichida sodir boʻlgan siyosiy mahbuslarning ommaviy yoʻqolishi "Koʻzgu uyi" yashirin qamoqxonasi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin, deb yozadi New York Times (NYT). 

 Sobiq mahbuslarning oʻzlari nashrga maxfiy zindonlar haqida gapirib berishdi. Qayd etilishicha, qamoqxona Vazirlar Mahkamasi rahbari Shayx Hasinaning nazorati ostida faoliyat yuritgan, u 2009 yilda hokimiyatga kelganidan soʻng siyosiy raqiblarga qarshi keng koʻlamli repressiyalarni boshlagan.  

 Oʻshandan beri, inson huquqlari tashkilotlariga koʻra, 700 dan ortiq muxolifat aʻʻzosi bedarak yoʻqolgan.  

 Avvalroq mamlakatda hokimiyat almashinuvi bilan yakunlangan hukumatga qarshi talabalar namoyishlarini bostirish paytidagi qirgʻinlarga aloqadorlikda ayblanayotgan Hasinani hibsga olish uchun order berilgani maʻʻlum boʻlgan edi. Bu ishda yana ellikka yaqin kishi ayblanmoqda

Mavzuga aloqador