-
2023 yil 27 yanvarda qurolli hujum natijasida faoliyatini toʻxtatgan Ozarbayjonning Erondagi elchixonasi yangi manzil va yangi binoda ish boshladi. Eron tomoni yangi elchixona binosi oldida diplomatik xavfsizlikni taʻʻminlash uchun tegishli choralar koʻrgani maʻʻlum qilindi.
-
2016 yil 15 iyulʻ kechasi Turkiyada demokratik yoʻl bilan saylangan hukumatni agʻdarishga qaratilgan xoinona davlat toʻntarishiga urinish amalga oshirilgan edi. Ushbu gʻalayon qanday boshlandi, qanday hodisalar roʻy berdi, davlat toʻntarishiga qasd qilganlarga qarshi qanday kurashildi – Turkiya prezidenti huzuridagi Kommunikatsiya boshqarmasi boshligʻi, professor Fahrettin Altun maqolasida.
-
Isroilda 7 oktyabrdan buyon 46 mingdan ortiq korxona va tashkiloti oʻz faoliyatini toʻxtatdi. Urushdan asosan qurilish, savdo-sotiq, turizm va qishloq xoʻjaligi sohalari jiddiy zarar koʻrmoqda. Yil oxiriga qadar yopilgan shirkatlar soni 60 mingtaga etishi mumkin. Holat shu zaylda davom etadigan boʻlsa, keyingi yilga qadar Isroil taxmin etib boʻlmas darajadagi jiddiy inqirozga yuz tutishi mumkin
-
Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi Britaniyaning mamlakat hududida Xitoyning maxfiy harbiy bazasi mavjudligi haqidagi xabarlarni rad etdi.
-
Исроил Ғазо секторида босқинчилик ва қирғинбарот урушини бошлаганига 283 кун бўлди. 24 соат давомида Ғазо сектори, Иордан дарёсининг Ғарбий соҳили ҳамда бутун Яқин Шарқ ҳудудида содир бўлган асосий воқеалар.
-
AQShning sobiq prezidenti Donalʻd Trampga suiqasd uyushtirilganidan soʻng oʻta oʻngchi onlayn hamjamiyatlarda zoʻravonlik va fuqarolar urushiga chaqiruvlar keskin koʻpaygani aytilmoqda. Ayrim Tramp tarafdorlari hatto "barcha demokratlar va demokrat boʻlishni oʻylaydiganlarni ham yoʻq qilib tashlash"ga chaqirmoqda.
-
Moskva viloyatining Malaxovka posyolkasida yashovchi musulmonlar hududdagi masjid Tergov qo‘mitasi va boshqa idoralarning doimiy tekshiruv obyektiga aylanganidan shikoyat qilib, videomurojaat yuborishdi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, ayrim faollarning turli idoralarga qilgan murojaatlari bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda. Bunday faollar masjid avtoturargohi noto‘g‘ri joyda joylashganini, o‘simliklarga zarar yetganini, ichkilikbozlik, giyohvandlik, musiqa tinglash kuzatilayotganini ta’kidlab, ibodatxonani yopishni talab qilmoqda.
-
Германия шимолидаги Бремен шаҳрида ҳукумат болалар боғчалари ва мактабларда жим бўлишга чақирувчи “Жим тулки” (инглизчада - silent fox) қўл ишорасини туркий халқлардаги “кўк бўри”ни англатувчи ишорага ўхшагани учун тақиқлади
-
Кучли ёғингарчиликлар туфайли Қирғизистоннинг Ўш вилоятида сел келиши сабаб бўлди. Шунингдек, Оқбуйра дарёси қирғоқларидан тошиб, Ўш шаҳри кўчаларини, жумладан, марказий бозорни сув босди. Энг камида беш киши ҳалок бўлди. Юзлаб уйлар, ижтимоий соҳа объектлари вайрон бўлди.
-
AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Pensilvaniya shtatining Butler shahrida saylovoldi kampaniyasi vaqtida otib ketildi. Hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, yana ikki kishi yaralandi. Xavfsizlik kuchlari hujumchini otib tashlagan. AQSh prezidenti Jo Bayden va mamlakatning bir qancha sobiq yetakchilari siyosiy zo‘ravonlikni keskin qoralaydi va otishma sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘ygan maxfiy xizmatlarga – voqea tafsilotlariga nisbatan ko‘plab savollar tug‘ildi.