Москва вилоятидаги Малаховка мусулмонлари масжид билан боғлиқ вазият туфайли видеомурожаат қилишди
Moskva viloyatidagi Malaxovka aholi punktida yashovchi musulmonlar hududdagi masjid Tergov qoʻmitasi va boshqa idoralarning doimiy tekshiruv obʻʻektiga aylanganidan shikoyat qilib videomurojaat yoʻllashdi. Ushbu holat ibodat uyini yopishga urinish sifatida baholandi. Ularning taʻʻkidlashicha, masjid odamlarni odob-axloqli, yaxshi qoʻshni boʻlishga, qonunlarga hurmat, turli madaniyat va anʻʻanalar vakillariga daʻʻvat etuvchi maskandir.
Moskva viloyatidagi
Malaxovka aholi puntining musulmon aholisi vakillari va ijtimoiy faollari YouTube
xizmati orqali masjidlari atrofidagi keskin vaziyat haqida murojaatini eʻʻlon
qildi.
Soʻnggi paytlarda Rossiya musulmonlari diniy assambleyasi
(muftiy –
Albir Krganov) tasarrufidagi musulmonlar namozxonasi Tergov qoʻmitasi va boshqa
idoralar tomonidan tekshirish obʻʻektiga aylangan. Bunday tadbirlarning asosi -
shaharda masjid mavjudligidan norozi boʻlgan mahalliy aholi orasidan ayrim
faollarning Aleksandr Bastrikin boʻlimiga doimiy murojaatlari.
Videomurojaatda
Malaxovka musulmonlari sodir boʻlayotgan voqeani ibodat uyini yopishga urinish
sifatida baholadi. Ularning taʻʻkidlashicha, masjid odamlarni odob-axloqli,
yaxshi qoʻshni boʻlishga, qonunlarga hurmat, turli madaniyat va anʻʻanalar vakillariga
daʻʻvat etuvchi maskandir.
“Biz 10 yildan ortiq vaqtdan beri musulmonlar bilan qoʻshni
yashayapmiz, hech qachon nizolar boʻlmagan”, deb taʻʻkidlaydi videomurojaatchilardan biri, Lyubertsi shahri Jamoatchilik
palatasi aʻʻzosi Oleg Ujarinskiy.
Aholi
vakillaridan birining IslamNews nashriga aytishicha, “masjid
15 yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda. Musulmonlar shaharning jamoat hayotida
ishtirok etadi, aholi bilan birgalikda umumrossiya bayramlari va muhim sanalarni
nishonlaydi, hududni obodonlashtirish uchun tozalik kunlarini tashkil qiladi.
Soʻnggi paytlarda ayrim guruhlar tomonidan shaharda musulmonlar namozxonasi boʻlishiga qarshi kampaniya
boshlangan. Ayni paytda shahar hududida
pravoslav cherkovlari va sinago
hech qanday muammolarsiz faoliyat koʻrsatmoqda. Videomurojaatlarda faollar masjid
avtoturargohi notoʻgʻri joyda joylashgani, oʻsimliklarga zarar etkazilayotgani,
ichkilikbozlik, giyohvandlik va musiqa tinglash kabi holatlar kuzatilayotganini aytib,
masjidni yopishni talab qilmoqda.
Nashr suhbatdoshining
soʻzlariga koʻra, “Rossiya xalq otryadi” va “Tsarʻgrad” telekanali vakillari
musulmonlar namozxonasiga kelib, qiziqishlarini “mahalliy aholidan signallar”
olinayotgani bilan izohlashgan.
Moskva
viloyatining Pushkino, Ramenskoe va boshqa bir qator tumanlaridagi musulmon hamjamiyatlarida
ham shu kabi tekshiruvlari oʻtkazilmoqda.