15.07.2024 15:35
1090

Isroil jiddiy inqirozda, 7 oktyabrdan buyon mamlakat boʻylab 46 mingdan ziyod biznes kasod boʻldi

Isroilda 7 oktyabrdan buyon 46 mingdan ortiq korxona va tashkiloti oʻz faoliyatini toʻxtatdi. Urushdan asosan qurilish, savdo-sotiq, turizm va qishloq xoʻjaligi sohalari jiddiy zarar koʻrmoqda. Yil oxiriga qadar yopilgan shirkatlar soni 60 mingtaga etishi mumkin. Holat shu zaylda davom etadigan boʻlsa, keyingi yilga qadar Isroil taxmin etib boʻlmas darajadagi jiddiy inqirozga yuz tutishi mumkin

Isroilning «Maariv» gazetasi mamlakatda davom etayotgan urush va uning iqtisodiyotga halokatli taʻʻsiri natijasida 46 mingta shirkat oʻz faoliyatini tugatishga majbur boʻlganini maʻʻlum qildi. Nashr Isroilni «qulayotgan davlat» deb atadi.

Isroil axborot xizmatlari va kredit xavfi boshqaruv kompaniyasi CofaceBdi bosh direktori Yoel Amir «Maariv»ga bergan intervʻyusida:

«Bu koʻplab sohalarni qamrab olgan juda katta raqamdir. Urush boshlanganidan beri yopilgan bizneslarning taxminan 77 foizi, yaʻʻni taxminan 35 mingtasi kichik biznes vakili boʻlib, ular iqtisodiyotdagi eng zaif hisoblanadi», - dedi.

Umuman, xabarga koʻra, eng zaif sohalar qurilish sohasi va uning atrofidagi butun ekotizim: keramika, sovutish tizimlari, alyuminiy, qurilish materiallari va boshqalarni ishlab chiqaruvchilar - bularning barchasi CofaceBdi xavf reytinglariga koʻra, sezilarli darajada zarar koʻrgan.

Urush savdo sohasiga ham jiddiy taʻʻsir koʻrsatgan. Bunga xizmat koʻrsatish sohasi va moda, mebelʻ, uy-roʻzgʻor buyumlari, koʻngil ochish, transport va turizm kabi sohalar kiradi.

Shuningdek, xabarda aytilishicha, Isroilda xorijiy turizm deyarli yoʻq boʻlib ketish arafasida. Mamlakat boʻylab barcha bizneslarga u yoki bu darajada zarar etgan va deyarli hech bir soha bundan omonda emas.

Bunga janub va shimoldagi qishloq xoʻjaligi sohasi ham kiradi. Ikkala hudud ham Falastin qarshilik kuchlari va Livan Hizbullohining tahdidlari tufayli faol jang maydonlariga aylangan. Hizbullohning Isroilga qarshi qoʻllab-quvvatlash fronti iqtisodiyotning qulashiga sezilarli hissa qoʻshdi.

CofaceBdi bosh direktorining fikricha, 2024 yil oxiriga qadar 60 mingta Isroil biznesining yopilishi kutilmoqda.

Hizbullohning hujumlari shimoldagi mahalliy biznes va taʻʻlimga jiddiy taʻʻsir koʻrsatmoqda. Oʻn minglab muhojirlar evakuatsiya qilinishga majbur boʻldilar. Hizbulloh rahbari Hasan Nasralloh 10 iyulʻ kuni: «Dushman iqtisodiyotini quritish maqsadimizga erishdik», - dedi.

Yaman armiyasining dengiz operatsiyalari ham iqtisodiyotning qulashiga katta hissa qoʻshdi. Eilat janubiy porti kabi muhim portlardagi daromadlar sezilarli darajada kamaydi va bankrotlik yoqasiga keldi.

2023 yilning oxirgi oylarida Isroil YaIMi qariyb 20 foizga pasaydi.

Hizbulloh bilan toʻqnashuv xavfi Isroilda shunday bir qoʻrquvni keltirib chiqardiki, Livan qarshilik kuchlari bilan har qanday toʻliq miqyosli urush iqtisodiyotni yanada chuqurroq tubsizlikka tushirishi mumkin. Hizbulloh yaqinda tarqatilgan video ogohlantirishlarda neftni qayta ishlovchi zavodlar va gaz baklari kabi energiya infratuzilmasiga hujum qilish qobiliyatiga ega ekanligini koʻrsatdi. 

Holat shu zaylda davom etadigan boʻlsa, keyingi yilga qadar Isroil taxmin etib boʻlmas darajadagi jiddiy inqirozga yuz tutishi mumkin. Uning siyosatchilar mamlakatni ulkan choh tomon boshlab bormoqda. Lekin koʻzni haqiqatdan pardalagan alamzadalik, kuchli nafrat va adovat urushni oxirigacha olib borishga undamoqda.

Mavzuga aloqador