16.07.2024 07:55

XAMAS va Fath Xitoyda muzokara o'tkazmoqda

Kelgusi haftada Pekinda Falastinning asosiy harakatlari - HAMAS va Fath vakillarining muzokaralari boʻlib oʻtishi kutilmoqda. Bir qator uchrashuvlar ikki harakat oʻrtasidagi kelishmovchilikni bartaraf etishga yordam berishi aytildi. Kuzatuvchilar shu vaqtga qadar boʻlib oʻtgan muzokaralarda muvaffaqiyatga erishilmaganini Gʻarbiy Sohilni nazorat qilayotgan Fath harakatiga AQShning bosimi mavjudligi bilan izohlamoqda.

Xitoy hukumati Falastinning asosiy harakatlari - HAMAS va Fath vakillarini muzokaralar stoliga toʻplaydi, deb yozdi The New York Times.

Ushbu maʻʻlumotlarga ishoniladigan boʻlsa, Pekindagi muzokaralarda HAMAS delegatsiyasiga harakatning Siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya boshchilik qiladi. Fath delegatsiyasi tarkibiga ushbu harakat raisi oʻrinbosari va yana ikki nafar yuqori martabali amaldor kiradi.

Kelgusi hafta rejalashtirilgan bir qator uchrashuvlar ikki harakat oʻrtasidagi kelishmovchilikni bartaraf etishga yordam beradi. Ikki uchrashuvda Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van Yi ham ishtirok etadi.

Shu yilning bahorida Falastinning etakchi siyosiy kuchlari vakillari Moskva va Pekinda muzokaralar olib borgan edi. Biroq ular samarasiz yakunlandi.

Kuzatuvchilar Falastinlararo muzokaralarda muvaffaqiyatga erishilmaganini Gʻarbiy Sohilni nazorat qilayotgan Fath harakatiga AQShning bosimi mavjudligi bilan izohlamoqda.

Mavzuga aloqador