15.07.2024 12:35
744

Oʻta oʻngchi amerikaliklar fuqarolar urushiga chaqirmoqda

AQShning sobiq prezidenti Donalʻd Trampga suiqasd uyushtirilganidan soʻng oʻta oʻngchi onlayn hamjamiyatlarda zoʻravonlik va fuqarolar urushiga chaqiruvlar keskin koʻpaygani aytilmoqda. Ayrim Tramp tarafdorlari hatto barcha demokratlar va demokrat boʻlishni oʻylaydiganlarni yoʻq qilib tashlashga chaqirmoqda.

AQShning sobiq prezidenti Donalʻd Trampga suiqasd uyushtirilganidan soʻng oʻta oʻngchi onlayn hamjamiyatlarda zoʻravonlik va fuqarolar urushiga chaqiruvlar keskin koʻpaydi, deb yozmoqda Wired nashri.

Advance Democracy notijorat tashkiloti tadqiqotchilari tomonidan Trampni qoʻllab-quvvatlovchi forumlar va Telegram-kanallarida koʻplab bezovta qiluvchi xabarlar aniqlanmoqda.

6 yanvarʻ voqealarini muvofiqlashtirishdagi roli bilan tanilgan The Donald forumida foydalanuvchilar ochiqchasiga zoʻravonlikka chaqirishmoqda.

“Urush hozir. Fuqarolar urushidan keyin qilinishi kerak boʻlgan ishni tugatishimiz lozim: barcha demokratlarni va hatto demokrat boʻlishni oʻylaydigan har qanday odamni yoʻq qilish va bartaraf etish”, - degan mazmundagi xabarlarni oʻrtoqlashmoqda oʻng qanot gʻoyalari tarafdorlari.

Proud Boys guruhiga aloqador Telegram-kanallarda ham tahdidlar yangradi:

“Afsuski, ular bu muvaffaqiyatsiz urinish bilan oʻzlarining yagona imkoniyatini qoʻldan boy berishdi, chunki endi ular ayiqni, yaʻʻni haqiqiy vatanparvar amerikaliklarni uzoq vaqt masxara qilish qanday oqibatlarga olib kelishini koʻrishadi”.

“Yuqoridan pastga va pastdan yuqoriga, Kongress aʻʻzolaridan tortib, oʻng qanot taʻʻsir koʻrsatuvchilarigacha, neonatsist Telegram-kanallarigacha bir aniq: “Qarshi zarba berishimiz shart”, degan xabar tarqalmoqda.

Eslatib oʻtamiz, kecha, 14 iyulʻ kuni Pensilvaniya shtatining Butler shahrida saylovoldi tashviqoti vaqtida AQShning sobiq prezidenti Donalʻd Trampga oʻq uzildi. Oʻq Trampning qulogʻini shirib oʻtdi, biroq otishmada bir kishi halok boʻldi, ikki kishi yaralandi.

Mavzuga aloqador