Germaniya shimolidagi Bremen shahrida hukumat bolalar bogʻchalari va maktablarda jim boʻlishga chaqiruvchi “Jim tulki” (inglizchada - silent fox) qoʻl ishorasini turkiy xalqlardagi “koʻk boʻri”ni anglatuvchi ishoraga oʻxshagani uchun taqiqladi. Bu haqda Bild nashri xabar qildi.

"Jim tulki" qoʻl ishorasi uzoq vaqtdan beri sukunatni koʻrsatish uchun ishlatilgan, ammo endilikda nemis shahri maʻʻmurlari “Koʻk boʻrilar” oʻng qanot ekstremistik harakati salomlashiiga oʻxshashligi sababli ushbu belgiga munosabatini qayta koʻrib chiqishga qaror qildi”, - deyiladi xabarda.

Bremen taʻʻlim boshqarmasi matbuot kotibi Patrisiya Brandtning aytishicha, “imo-ishoraning oʻng qanot ekstremistik oqibatlari Bremen taʻʻlim muassasalarining asosiy pozitsiyasiga mos kelmaydi”.

Eslatib oʻtamiz, futbol boʻyicha 2024 yilgi Evropa chempionati doirasida Avstriyaga qarshi oʻyinda Turkiya terma jamoasi himoyachisi Merix Demiral urgan golini “koʻk boʻri” ishorasini qoʻllagan holda nishonlagani uchun jazolandi. qarshi oʻyinda gol urganidan keyin «boʻzqurt» ishorasini qoʻllagani uchun diskvalifikatsiya qildi. Mazkur holat Turkiya va Germaniya oʻrtasidagi siyosiy qarama-qarshiliklarni keltirib chiqardi. Jumladan, Germaniya ichki ishlar vaziri turk himoyachisini tanqid qilganidan keyin 3 iyulʻ kuni Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Germaniya elchisini chaqirtirdi. Shundan soʻng, 4 iyulʻ kuni Germaniya Tashqi ishlar vazirligi Turkiyaning mamlakatdagi diplomatik vakilini chaqirib javob qaytardi.

“Koʻk boʻri” (Bozkurt) yoki tashkilot aʻʻzolari taʻʻbiri bilan aytganda, “Ülkü Ocakları” (“Idealistlar jamiyati”) turk millatchiligi va islomchilik aralashmasi boʻlgan turk millatchi tashkilotidir. Alparslan Turkesh tomonidan 1969 yilda MHP millatchi partiyasining yoshlar tashkiloti sifatida tuzilgan. “Koʻk boʻrilar”ning bugungi etakchisi MHP rahbari Devlet Bahcheli.

Tashkilot ramzi turk mifologiyasidan olingan boʻlib, unda boʻri dushmanlar ustidan gʻalaba qozonish ramzi, turkiy xalqlarning qutqaruvchisi sifatida koʻriladi. Tashkilot Ozarbayjon, Oʻzbekiston va Qozogʻistonda taqiqlangan.

Mavzuga aloqador