Ozarbayjonning Erondagi elchixonasi faoliyati tikladi
2023 yil 27 yanvarda qurolli hujum natijasida faoliyatini toʻxtatgan Ozarbayjonning Erondagi elchixonasi yangi manzil va yangi binoda ish boshladi. Eron tomoni yangi elchixona binosi oldida diplomatik xavfsizlikni taʻʻminlash uchun tegishli choralar koʻrgani maʻʻlum qilindi.
Tehronda
2023 yil yanvaridan beri yopiq turgan Ozarbayjon elchixonasi faoliyati tiklandi,
deb xabar bermoqda «TASS».
“Ozarbayjon Respublikasi va Eron Islom Respublikasi oʻrtasida
oʻtkazilgan muzokaralar natijasida 2024 yil 15 iyuldan boshlab Ozarbayjonning
Erondagi elchixonasi oʻz faoliyatini yangi manzilda tikladi. Elchi va hozirgi
elchixona xodimlari Eronga qaytdi”, — deyiladi Ozarbayjon TIV bayonotida.
Matbuot xizmatining taʻʻkidlashicha, Eron tomoni “yangi elchixona
binosi oldida diplomatik xavfsizlikni taʻʻminlash uchun tegishli choralar koʻrgan”.
Ayni paytda diplomatik missiyaning yangi binosida konsullik
xizmatini tashkil etish ishlari olib borilmoqda. Konsulxonaning tez orada faoliyatini
qayta boshlashi kutilmoqda.
Eslatib
oʻtamiz, 2023 yilning 27 yanvarida mamlakatning Tehrondagi elchixonasiga
qurolli hujum uyushtirilishi natijasida diplomatik missiya
xavfsizlik xizmati rahbari halok boʻlgan, uning ikki hamkasbi yaralangandi.
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliev qurolli hujumni qoralab,
uni terakt sifatida baholadi va zudlik bilan tergov qilinishi hamda aybdorlarning jazolanishini talab
qildi. Ikki kundan soʻng mamlakatning Tehrondagi elchixonasi xodimlari va
ularning oila aʻʻzolari Bokuga evakuatsiya qilindi. Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi
elchixona diplomatik faoliyatini butunlay toʻxtatganini maʻʻlum qildi. Hujumni
sodir etgan shaxs qoʻlga olinib, oʻlimga hukm qilindi.