Turkiyada davlat toʻntarilishiga urinishga 8 yil toʻldi
2016 yil 15 iyulʻ kechasi Turkiyada demokratik yoʻl bilan saylangan hukumatni agʻdarishga qaratilgan xoinona davlat toʻntarishiga urinish amalga oshirilgan edi. Ushbu gʻalayon qanday boshlandi, qanday hodisalar roʻy berdi, davlat toʻntarishiga qasd qilganlarga qarshi qanday kurashildi – Turkiya prezidenti huzuridagi Kommunikatsiya boshqarmasi boshligʻi, professor Fahrettin Altun maqolasida.
2016 yil
15 iyulʻ kechasi Turkiyada demokratik yoʻl bilan saylangan hukumatni agʻdarishga
qaratilgan xoinona davlat toʻntarishiga urinish amalga oshirildi. Fathullohchi
terror tashkilotining toʻntarish tashabbusi Istanbuldagi koʻpriklarning yopilishi va
tanklarning koʻchalarga kirishi bilan boshlandi.
Koʻplab davlat muassasa va tashkilotlari, eng avvalo Turkiya Buyuk Millat Majlisi,
Prezident majmuasi va Anqara viloyati Xavfsizlik boshqarmasi bombardimon qilindi.
Tez orada bu voqealarning alohida hodisa emas, balki muvofiqlashtirilgan hujum
ekanligi maʻʻlum boʻldi.
Fathullohchi terror tashkiloti (FETÖ) Turkiya prezidenti Rajab Toyyib
Erdoʻgʻonga suiqasd uyushtirish maqsadida hujum qildi. Prezidentimizning milliy
televidenie orqali qilgan chaqirigʻidan soʻng xalqimiz oʻz demokratiyasini himoya
qilish uchun maydonlarga chiqdi. Millionlab fuqarolarimiz tuni boʻyi davlat toʻntarishini rejalashtirgan
terror tashkilotiga qarshi kurashdi.
16 iyulʻ tongida Turk Qurolli Kuchlari, Xavfsizlik bosh boshqarmasi va oʻz
demokratiyasini himoya qilgan xalqimizning saʻʻy-harakatlari bilan hiyonatkorona
toʻntarish tashabbusi bostirildi va toʻntarish tashabbuskorlari qoʻlga olindi. Harbiy
va noharbiy aholidan jami 252 vatandoshimiz shahid boʻldi, 2740 fuqaromiz esa
jarohatlandi. 15 iyulʻ kechasi Maxsus kuchlar qoʻmondonligini himoya qilish uchun joni
evaziga qarshilik koʻrsatgan va toʻntarishning asosiy jamoasi tarkibida boʻlgan
generalni taʻʻsirsiz holga keltirgan shahid Oʻmer Xalisdemir kabi qahramonlar
toʻntaruvchilarga qarshi toʻsiq boʻldi. Fuqarolarimiz yopilgan Boʻgʻoz koʻprigida
hayotlarini xavf ostiga qoʻyib, ularning joniga qasd qilishga uringan davlat
toʻntaruvchilarini zararsizlantirishga muvaffaq boʻldi. Bu xalqimizning
hamjihatligi, azmu shijoati sinovdan oʻtgan tarixiy lahzalardan biridir.
Turkiya hukumati davlat toʻntarishiga urinishning dastlabki
daqiqalaridanoq tartibni oʻrnatish va aybdorlarni javobgarlikka tortish choralarini
koʻrdi. Bu jarayonda, prezidentimiz
va hukumat vakillarining bayonotlariga koʻra, toʻntarish tashabbusi qoʻmondonlik tuzilmasining nazoratidan
tashqarida – Turk Qurolli kuchlari ichiga sizib kirgan noqonuniy guruh tomonidan amalga oshirilganligi
maʻʻlum boʻldi.
Toʻntarish tashabbusi ortida FETÖ tashkiloti turgani aniqlandi.
AQShda istiqomat qiluvchi tashkilot rahbari bu hiyonatni davlat ichidagi parallelʻ
tuzilmasi yordamida amalga oshirgani maʻʻlum boʻldi.
Gʻalaba nafaqat Turkiyada, balki butun dunyoda demokratiya
tarixidagi eng sharafli qarshilik koʻrsatishlardan biri sifatida qayd etildi.
Bugun ham kurashini davom ettirayotgan Turkiya, ayniqsa, chet
elda yashiringan qochqinlar va FETÖ etakchilarining ekstraditsiya qilinishi masalasida doʻst va
ittifoqdosh davlatlardan birdamlik kutmoqda. Xalqaro hamjamiyatda Turkiyani
qoʻllab-quvvatlagan va birdam boʻlgan davlatlar koʻp boʻlsa-da, toʻntarish tashabbusiga baʻʻzi
ittifoqchilarimizning javobi etarli boʻlmadi.
Bu davlatlarning ommaviy axborot vositalarida davlat
toʻntarishiga urinishning yoritilishi ham Turkiya davlatini qanoatlantiradigan
darajada boʻlmadi. Xalqaro masʻʻuliyatli Gʻarb ommaviy axborot vositalari 15 iyulʻ
kechasi sodir boʻlgan voqealarni
soddalashtirishga harakat qildi. Mamlakatimiz demokratiyasini nishonga olgan qonli
toʻntarish tashabbusini “ikki tomon oʻrtasidagi toʻqnashuv” shaklidagi haqqoniy
boʻlmagan ibora bilan xabar qildilar.
15 iyuldagi xoinona davlat toʻntarishiga urinishdan soʻng Pensilʻvaniyada uya qurgan tashkilot
rahbarini ekstraditsiya qilish uchun koʻplab urinishlarga qaramay, ittifoqdoshimiz
AQShdan ijobiy javob ololmadik. Demokratiyamizga rahna solguvchi tahdid mavjud boʻlgan paytda bunday
pozitsiya egallash biz uchun afsuslanarli.
Bilamizki, FETÖ ittifoqdosh davlatlarimiz bilan bir qatorda, keng miqyosdagi
mintaqalarda ham faoliyatini
davom ettirmoqda. Nafaqat Turkiya, balki unga chegaradosh barcha davlatlarning xavfsizligiga tahdid solayotgan
bu qoʻporuvchilik
tashkilotiga qarshi har sohada kurashni davom ettiramiz.
Xoinona toʻntarishga urinishdan soʻng
demokratik tashkilotlarni yanada mustahkamlagan davlat sifatida fuqarolarimiz
hayotini va mamlakatimiz mustaqilligini har sohada nishonga olgan terror
tashkilotiga qarshi kurashda
bardavom boʻlamiz.
Oʻsha qonli kechada jonini fido qilgan fuqarolarimiz xotirasini
Turkiyaning mustaqilligi va istiqbolini himoya qilgan holda sharaflashda davom
etamiz.
Professor Fahrettin Altun
Turkiya Respublikasi prezidenti huzuridagi Kommunikatsiya boshqarmasi boshligʻi