G'azoni bombardimon qilish: 283-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 283 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Rafah, Zaytun hududi,
Nusayrat va Burayj lagerlariga hujum qildi. Urush boshlanganidan buyon 38584 kishi
shahid boʻldi.
▪️Bosqinchilarning Mavashi tumanidagi hujumi chogʻida
koʻchirilganlarning 1200 ta chodiri vayron qilingan. 400 kishi halok boʻldi va
yaralandi.
▪️Bosqinchilar Falastinning Gʻarbiy sohildagi Jenin, Xalil,
Erixo, Ramallah, Nablus va Tulkarm shaharlariga ommaviy hujumlar uyushtirmoqda.
Oʻnlab falastinliklar hibsga olingan.
▪️Iordan daryosining gʻarbiy sohilida 4 nafar harbiy bosqinchi hujum natijasida ogʻir
yaralandi. Operatsiyani amalga oshirgan 27 yoshli Muhammad Shehaba shahid boʻldi.
▪️Al-Qassam brigadalari: Biz Tel al-Hava hududi va uning
Nitsarim oʻqidagi qoʻmondonlik shtab-kvartirasi yaqinida bosqinchilarga hujum
qildik.
▪️Turkiya parlamenti deputati Mesut Doʻgʻan prezident Erdogʻandan Falastin
musulmonlarini himoya qilish uchun Isroil va AQShga urush eʻʻlon qilishni talab qildi:
“Isroilning zulmini toʻxtatishning yagona yoʻli – harbiy aralashuv! Bundan boshqa
hamma narsa oʻzimizni aldash uchun vaqt sarflashdi!” – dedi u.
▪️Husiylar
Adan koʻrfazida Isroilning MSC UNIFIC kemasini yoʻq qildi va Umm ar-Rashrashdagi
harbiy nishonlarga hujum qildi.
▪️Falastin
maʻʻmuriyati Parijdagi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etish uchun 8 nafar sportchini
yubordi. Urush boshlanganidan beri fashistlar Gʻazoda 400 nafar sportchi va
murabbiyni oʻldirdi.