-
“Al-Aqso toʻfoni” operatsiyasi Isroilning mavqeiga jiddiy taʻʻsir qildi. 2023 yil 7 oktyabrʻ tongida Isroil xavfsizlik xizmati odamlar ongiga singdirilganidek benuqson ishlamasligi ayon boʻldi. Beqaror vaziyat tufayli koʻpgina kompaniyalar oʻz kapitallarini mamlakatdan olib chiqib ketish payiga tushib qolishdi.
-
Davom etayotgan bu hujumni faqatgina terroristik xarakterga ega, deb taʻʻriflash mumkin. Oʻzining koʻlami va usuli boʻyicha misli koʻrilmagan boʻlsa-da, uning pala-partish tabiati Isroil uchun yangilik emas. Aslida, Isroilning tinch aholiga katta zarar etkazish tamoyili aynan ushbu hujum markazi boʻlgan Bayrutning Dahiya tumani nomi bilan ataladi. Soʻnggi voqealar Isroilning inson hayotiga naqadar bepisand ekanligini koʻrsatmoqda. Ammo bunday holat Isroil uchun odatiydir, garchi Gʻarb matbuoti bu haqda hech qachon yozmasa ham...
-
Livanda 34 kishining oʻlimiga va 3500 ga yaqin kishining jarohatlanishiga sabab boʻlgan peyjerlar va ratsiyalarning portlashi Hizbulloh saflarida katta xavfsizlik muammolari mavjudligini ochib berdi. Harakat ichiga portlovchi modda va mayda metall sharchalar joylashtirilgan qurilmalarni bilvosita MOSSADga tegishli kompaniyadan sotib olgan.
-
Pokiston "Belarus – Rossiya – Qozogʻiston – Oʻzbekiston – Afgʻoniston – Pokiston – Hind okeani portlari" xalqaro transport yoʻlagini tashkil etishga rasman qoʻshildi. Ushbu loyihaning Osiyo davlatlari oʻrtasidagi transport aloqalarini sezilarli darajada mustahkamlashi hamda sanktsiyalar ostida qolgan Belarus va Rossiya uchun jahon dengiziga qoʻshimcha chiqish imkonini berishi kutilmoqda.
-
Qozogʻistonning Turkiston viloyatida Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qatar va Pokiston harbiylari ishtirokidagi “Cheksiz birodarlik-III” mashgʻulotlari yakunlandi. 400 dan ziyod harbiy xizmatchilar qatnashgan mashgʻulotlarga zirhli mashinalar, armiya aviatsiyasi va dronlar jalb etildi.
-
Rossiya qoʻshinlari payshanba kuni Ukrainaning Sumi shahridagi qariyalar markazi va energetika sektoriga havo hujumlarini amalga oshirdi. Hujumlar natijasida bir kishi halok boʻlgan, 12 kishi yaralangan. Zelenskiy Rossiya soʻnggi 24 soat ichida 90 ta boshqariluvchi bombalar bilan hujum uyushtirganini maʻʻlum qildi.
-
Ispaniyaning Afrikadagi qismi – Seuta anklaviga minglab muhojirlar noqonuniy kirish uchun tartibsizlik uyushtirdi. Marokash politsiyasi ularga qarshi koʻzdan yosh oqizuvchi gaz qoʻlladi, 150 dan ortiq kishi noqonuniy migratsiyaga chaqiriqlari uchun qoʻlga olindi.
-
Livan sogʻliqni saqlash vaziri mamlakatda ratsiyalar portlashidan 25 nafar, peyjerlar portlashidan esa 12 kishi, jami 37 kishi halok boʻlganini maʻʻlum qildi. Hizbulloh esa halok boʻlganlarning 25 nafari oʻz aʻʻzolari ekanini bildirdi. Shuningdek, ushbu qurilmalarga Isroil avvaldan portlovchi modda va maxsus dasturiy taʻʻminot oʻrnatgani aniqlandi.
-
Bugun, 19 sentyabrʻ kuni bosqinchi Isroil kuchlari Livanni faol ravishda bombardimon qilishni boshladi. Qayd etilishicha, hozirda sionistlarning qiruvchi samolyotlari Bayrut osmonida uchmoqda. Mahalliy Livan matbuoti "Hizbulloh"ning Margaliot shahriga bergan zarbasi natijasida 2 nafar isroillik askar halok boʻlgani va 16 nafari yaralanganini xabar qildi.
-
Bundan 42 yil oldin Livandagi falastinlik qochqinlar joylashgan Sabra va Shatila lagerlarida katta qirgʻin sodir etilgan edi. 1982 yil 16-18 sentyabrʻ kunlari livanlik nasroniy falangistlar sionistlar bilan hamkorlikda ushbu lagerlarda qatliom uyushtirdi, oqibatda 3500 ga yaqin falastinliklar – asosan ayollar, bolalar va keksalar vahshiyona oʻldirildi.