Pokiston "Belarus – Rossiya – Qozogʻiston – Oʻzbekiston – Afgʻoniston – Pokiston – Hind okeani portlari" xalqaro transport yoʻlagini tashkil etishga rasman qoʻshildi. Ushbu loyihaning Osiyo davlatlari oʻrtasidagi transport aloqalarini sezilarli darajada mustahkamlashi hamda sanktsiyalar ostida qolgan Belarus va Rossiya uchun jahon dengiziga qoʻshimcha chiqish imkonini berishi kutilmoqda.

Pokiston "Belarus – Rossiya – Qozogʻiston – Oʻzbekiston – Afgʻoniston – Pokiston – Hind okeani portlari" xalqaro transport yoʻlagini (XTY) tashkil etishga qoʻshildi, deya xabar qildi Oʻzbekiston Transport vazirligi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, mazkur yoʻlak Osiyo davlatlari oʻrtasidagi transport aloqalarini sezilarli darajada mustahkamlaydi hamda sanktsiyalar ostida qolgan Belarus va Rossiya uchun jahon dengiziga qoʻshimcha chiqish imkonini beradi.

2024 yil 8 sentyabrda logistika sohasidagi xalqaro tashabbuslar doirasida Pokiston ushbu transport yoʻnalishini rivojlantirish boʻyicha memorandum imzoladi. Mazkur yoʻlakni yaratish loyihasi 2022 yil avgust oyida, Rossiya, Qozogʻiston va Oʻzbekiston tegishli memorandum imzolagan paytda boshlangan.

2024 yil aprelʻ oyida Termiz shahrida ishtirokchi-davlatlar vakillarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi, unda Belarus ham kelishuvga qoʻshildi, Afgʻoniston va Pokiston ishtirok etish boʻyicha ichki tartib-qoidalar bajarilganini eʻʻlon qildi. Uchrashuvda yuk tashish hajmlarini oshirish, transport oqimlarini tahlil qilish, elektron hujjatlarni joriy etish va bojxona jarayonlarini optimallashtirish boʻyicha batafsil qadamlarni oʻz ichiga olgan “Yoʻl xaritasi” imzolandi.

Pokistonning ushbu keng koʻlamli loyihaga qoʻshilishi mintaqaviy savdo aloqalarini mustahkamlash va XTY orqali xalqaro yuk tashishlarni tezlashtirishda muhim qadam ekanligini bildiradi”, deyiladi Oʻzbekiston Transport vazirligi xabarida.

Loyiha Evrosiyodagi transport tizimida muhim boʻgʻin boʻlishiga, mahsulotlarni tranzit tashish uchun qulay va samarali yoʻllarni taʻʻminlashiga, va ishtirokchi mamlakatlar oʻrtasida iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirishga hissa qoʻshishi kutilmoqda.

Loyihani ishlab chiqishning asosiy elementlaridan biri Oʻzbekiston, Afgʻoniston va Pokistonni bogʻlaydigan temir yoʻl qurilishi boʻlib, bu yuk tashishni sezilarli darajada tezlashtiradi. Ushbu loyihaning tafsilotlari boʻyicha muhokamalar allaqachon olib borilmoqda va sanktsiyalar ostida boʻlgan Rossiya jahon portlariga qoʻshimcha ruxsat olish uchun qurilishda ishtirok etish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

2023 yil noyabrʻ oyida Rossiya, Qozogʻiston va Oʻzbekiston transport vazirlari oʻrtasida imzolangan memorandumga koʻra, loyiha boʻyicha faol ish boshlandi. Ishchi guruhning birinchi yigʻilishi 2024 yil aprelʻ oyida Termiz shahrida boʻlib oʻtgan boʻlib, u erda Belarus kelishuvga qoʻshilgan, Afgʻoniston va Pokiston esa loyihaga qoʻshilish uchun zarur rasmiyatchiliklar yakunlangani haqida eʻʻlon qilgan edi.

Shunday qilib, Pokistonning ushbu transport yoʻlagiga kirishi ishtirokchi davlatlar uchun yangi istiqbollarni ochadi, mintaqaviy aloqalarni mustahkamlaydi va xalqaro hamkorlikni tezlashtiradi.

Mavzuga aloqador