Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 350 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Rafah va Nuseyrat va Jabaliya lagerlariga hujum qildi. 24 soat ichida 41 kishi shahid boʻldi.

▪️Al-Qassam brigadalari Quvayt kasalxonasi hududida bosqinchilar karvoniga pistirma uyushtirishdi.

▪️Gʻarbiy Sohilda natsistlar Falastin shaharlariga ommaviy hujumlar uyushtirmoqda. Jeninda Al-Aqsa brigadasi qoʻmondoni bilan birga 7 kishi shahid boʻldi. 12 kishi, jumladan, fashistlarning maktabga hujumi paytida maktab oʻquvchilari yaralangan. 30 dan ortiq odam hibsga olingan.

▪️Isroil bosqinchi kuchlari Gʻarbiy Sohilidagi Kabatiya shahriga bostirib kirib, oʻldirgan falastinlik yoshning jasadlarini bino tomidan uloqtirdi.

▪️Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant chorshanba kuni urushning yangi bosqichi boshlanganini va harbiy harakatlarni shimoliy frontga Livan bilan chegaraga oʻtkazishni eʻʻlon qildi.

▪️Bosqinchi ommaviy axborot vositalari: Isroil Livan janubiga 100 dan ortiq zarba berdi.

▪️Hizbulloh Jalila, Golan va bosib olingan Kfar Shuba tepaliklaridagi Isroil harbiy obʻʻektlariga 17 marta hujum uyushtirdi. Isroil shimolida yongʻin davom etmoqda.

▪️Bosqinchi armiya Safad shahri, barcha shimoliy va markaziy Golan hamda butun Yuqori Jaliley aholisini evakuatsiya qilishni yoki bomba boshpanalarida qolishni buyurdi.

▪️Frantsiya prezidenti Isroilga Livan bilan urushdan qochish kerakligini aytdi.

▪️Ispaniya qiroli Falastinning mamlakatdagi birinchi elchisi Husni M.A. Abdulvahiddan ishonch yorligʻini qabul qilib oldi.

Mavzuga aloqador