20.09.2024 18:07
BMT: Dunyo boʻylab 282 mln kishi oʻtkir ochlikdan aziyat chekmoqda
BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) Jeneva direktori Dominik Burjeonning maʻʻlum qilishicha, dunyo boʻylab taxminan 282 million kishi oʻtkir ocharchilikka duch kelmoqda.
Burjeon ushbu raqam La-Ninʻya ob-havo hodisasi boshlanishi bilan ortishi mumkinligini qoʻshimcha qildi.
Hisob-kitoblarga koʻra, 2024 yilning sentyabrʻ-noyabrʻ oylari orasida boshlanadigan La-Ninʻya ehtimoli 71 foiz va uning taʻʻsiri 2025 yilning yanvarʻ-martigacha davom etishi kutilmoqda.
"Iqlim oʻzgarishi La Ninʻya bilan bogʻliq boʻlgan ekstremal hodisalarning chastotasi va intensivligining oshishiga olib keladi", dedi Burjeon.
Uning taʻʻkidlashicha, Afrika, Osiyo va Evropada sodir boʻlayotgan bir qator suv toshqinlari va tayfunlar bu muammoning qanchalik global ekanligini yorqin eslatib turadi.
Iqlim oʻzgarishiga juda sezgir boʻlgan qishloq xoʻjaligi oziq-ovqat tizimlari tuproq va suv resurslarining tanazzulga uchrashi kabi uzoq muddatli taʻʻsirlarga duch kelishi mumkin.
"Yoʻqotilgan ekin mavsumi, mahsulot mahsuldorligining pasayishi va hayvonlarning nobud boʻlishi fermerlar ishini qiyinlashtirib, millionlab insonlarni yanada ochlik va qashshoqlikka etaklaydi. Bu doiraning davom etishiga yoʻl qoʻymasligimiz kerak. Juda kech boʻlishiga qadar kuta olmaymiz. Falokatlarni turli usullarda boshqarish vaqti keldi", dedi u.