Livanda “Hizbulloh” harakati aʻʻzolariga tegishli shaxsiy elektron qurilmalarga qaratilgan, ayni paytgacha kamida 20 kishining oʻlimiga va 3 mingga yaqin odamning yaralanishiga sabab boʻlgan ommaviy hujum, shubhasiz, Isroil tomonidan qasddan uyushtirilgan teraktdir. Seshanba kuni boshlangan hujum chorshanba kuni ham davom etdi. Shu kuni bir kun oldingi hujumda halok boʻlganlarning dafn marosimida boshqa shaxsiy aloqa vositalarining ham portlashi oqibatida kamida toʻqqiz kishi halok boʻlgani va oʻnlab odamlar jarohatlangani aytilmoqda.

Davom etayotgan bu hujumni faqatgina terroristik xarakterga ega, deb taʻʻriflash mumkin. Oʻzining koʻlami va usuli boʻyicha misli koʻrilmagan boʻlsa-da, uning pala-partish tabiati Isroil uchun yangilik emas. Aslida, Isroilning tinch aholiga katta zarar etkazish tamoyili aynan ushbu hujum markazi boʻlgan Bayrutning Dahiya tumani nomi bilan ataladi. Soʻnggi voqealar Isroilning inson hayotiga naqadar bepisand ekanligini koʻrsatmoqda. Ammo bunday holat Isroil uchun odatiydir, garchi Gʻarb matbuoti bu haqda hech qachon yozmasa ham...

Gʻarb ommaviy axborot vositalarining talqini

The New York Times gazetasining Patrik Kingsli, Euan Vard, Ronen Bergman va Maykl Livensondan iborat jamoasi ushbu hujumda Isroilning qoʻli borligini yozgan boʻlsa-da, sionistlarning aybini imkon qadar yumshatishga uringan. 

The Times gazetasi shunday xabar berdi:

“Hujum haqida maʻʻlumot olgan Amerika va boshqa rasmiylarning aytishicha, Isroil Livanga olib kelingan Tayvanda ishlab chiqarilgan peyjerlar partiyasiga portlovchi moddalar yashirgan. Ikki amaldorning soʻzlariga koʻra, har bir peyjerning batareyasi yoniga bir yoki ikki untsiya portlovchi modda joylashtirilgan. Baʻʻzi rasmiylarga koʻra, “Hizbulloh” Tayvandagi “Gold Apollo” kompaniyasidan buyurtma bergan peyjerlar Livanga etib kelishidan oldin oʻzgartirilgan. Isroil portlovchi moddaning hajmini hisobga olgan holda, “Hizbulloh”ga aloqasi boʻlmagan odamlarga zarar etishi xavfini past baholagan”.

The Times, shuningdek, “portlashlar 7 oktyabrda HAMAS Isroilga hujum qilganidan keyin avj olgan Isroil va “Hizbulloh” oʻrtasidagi mojaroning soʻnggi nuqtasi boʻlib tuyuldi”, deb yozadi. Bu esa tinch aholiga nisbatan ochiqdan-ochiq noaniq va halokatli hujumni emas, balki oddiy harbiy harakatni tasvirlash demakdir. Kechagina amerikalik maʻʻlumot tarqatuvchi Edvard Snouden hujumning yoʻnalishi va taʻʻsirini toʻgʻri baholadi:

“Isroilning *har qanday* usul bilan qilgan ishi mutlaq beparvolikdir. Ular haydovchilarni (yaʻʻni nazoratdan chiqib ketgan mashinalarni), xarid uchun (bolalar aravachasi bilan)  navbatda turgan ayollarni va boshqa tinch aholi vakillarini portlatib yuborishdi. Buning terrorizmdan farqi yoʻq”.

“Al Jazeera”ning etakchi siyosiy tahlilchisi Marvon Bishara, ayniqsa Gʻarb auditoriyasi uchun muhim boʻlgan haqiqatni aytdi:

“Butun dunyo tomoshabinlari uchun bu erda biroz “rolʻ oʻynash” foydali boʻlishi mumkin. Tasavvur qiling, Pentagon, Davlat departamenti va Markaziy razvedka boshqarmasida faoliyat yuritayotgan 1200 kishining yuzida, qoʻllarida va qorin boʻshligʻida peyjer portladi. AQSh bunga qanday munosabatda boʻladi, deb oʻylaysiz?”

The Times gazetasi Isroilning “Eron va ushbu davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan guruhlarga qarshi yashirin operatsiyalarni amalga oshirish uchun texnologiyadan foydalanishning uzoq tarixi”ni goʻyo ajoyib texnologik yutuq sifatida baholadi. Ammo aslida Isroil bu erda nima qilayotganini tushunish uchun biz uning shafqatsiz hujumlari tarixiga eʻʻtibor qaratishimiz kifoya. Bu esa nafaqat tarixiy, balki strategik va geografik jihatdan ham dolzarbdir.

Shafqatsiz hujumlardan genotsidga oʻtish yoʻli

“Dahiya taʻʻlimoti” atamasi Isroil 2006-yilgi urush paytida nishonga olgan va er bilan yakson qilgan Beyrutning Dahiya tumani nomidan olingan. Bu tumanda “Hizbulloh”ga aloqador koʻplab oilalar yashagan.

2008 yilda Shimoliy qoʻmondonlikning oʻsha paytdagi harbiy boshligʻi Gadi Eyzenkot (keyinchalik Bosh shtab boshligʻi va markazchi vazir) taʻʻlimotni ishlab chiqdi va Isroilga hujum qilishga jurʻʻat etgan har qanday dushmanni “kutayotgan qismat”dan ogohlantirdi:

“2006 yilda Bayrutning Dahiya tumanida sodir boʻlgan voqealar Isroilga qarshi oʻq uzilgan har bir qishloqda takrorlanadi... Biz [bunday qishloqlarga] nomutanosib kuch ishlatib, u erda katta zarar va vayronagarchilik keltiramiz. Biz uchun bu erlar tinch aholi yashaydigan qishloqlar emas, harbiy bazalar hisoblanadi”.

Isroil bu usulni 2008-2009 yillardagi Gʻazoga hujumida qoʻllagan. BMTning 2009 yildagi “Goldstoun hisoboti”da Isroil “oddiy tinch aholini jazolash, tahqirlash va qoʻrqitishga qaratilgan hujum” tashkillashtirgani toʻgʻrisida xulosa chiqarilgan va ushbu buzgʻunchilikni “Dahiya taʻʻlimoti”ning amalda qoʻllanilishi ekanini urgʻulagan. Bundan ushbu shaytoniy taʻʻlimot “jazolash, tahqirlash va qoʻrqitish”ni oʻz ichiga olishi maʻʻlum boʻladi.

Gʻazoga uyushtirilgan hujum esa ushbu taʻʻlimotning toʻliq genotsidga aylanganini koʻrsatdi. Bu taajjublanarli emas, chunki tinch aholiga qasddan zarar etkazish “urush” mantigʻi sifatida dastlab ushbu taʻʻlimotning mohiyatida mavjud edi.

Hozir esa, Isroil peyjerlarni portlatmoqda. Soʻnggi voqealardan xulosa chiqarsak, Gʻarb ommaviy axborot vositalari bu harakatni ham terror deb baholamasligi haqiqatga mos. Isroilga nisbatan bu hali ham radikal fikr hisoblanadi, chunki “terror” – bu faqat Gʻarb dushmanlari hamda musulmonlar uchun qoʻllaniladigan siyosiy atamaga aylantirilgan.

Mavzuga aloqador