Rossiya Ukrainadagi qariyalar uyi va elektr tarmoqlariga zarba berdi
Rossiya qoʻshinlari payshanba kuni Ukrainaning Sumi shahridagi qariyalar markazi va energetika sektoriga havo hujumlarini amalga oshirdi. Hujumlar natijasida bir kishi halok boʻlgan, 12 kishi yaralangan. Zelenskiy Rossiya soʻnggi 24 soat ichida 90 ta boshqariluvchi bombalar bilan hujum uyushtirganini maʻʻlum qildi.
Rossiya
qoʻshinlari payshanba kuni Ukrainaning Sumi shahridagi qariyalar markazi va energetika
sektoriga havo hujumlarini amalga oshirdi. Bu haqda Ukraina rasmiylari maʻʻlumot
berdi.
Qayd
etilishicha, mamlakat shimolidagi Sumi shahriga tushdan keyin Rossiya zarbalari chogʻida
besh qavatli binoga bomba tushgan. Bir kishi halok boʻldi, 12 kishi yaralandi, deya
xabar beradi ichki ishlar vazirligi Telegram’da.
Prezident
Vladimir Zelenskiyning maʻʻlum qilishicha, qutqaruvchilar odamlar vayronalar ostida
qolib ketganini tekshirmoqda.
Zelenskiy
oʻzining tungi videomurojaatida Rossiya soʻnggi 24 soat ichida 90 ta boshqariluvchi bombalar
bilan hujum uyushtirganini aytdi.
Shuningdek,
u Ukraina kuchlari “Donetsk viloyatidagi ishgʻolchilarning hujum salohiyatini
kamaytirishga muvaffaq boʻlganini”, ammo eng ommaviy hujumlarga uchragan
hududlarda, Pokrovsk va Kuraxovo shaharlari yaqinida vaziyat ogʻirligicha
qolayotganini aytdi.
Rossiya
Mudofaa vazirligi oʻz kuchlari Kuraxovo sharqidagi Georgievka qishlogʻini egallab
olganini maʻʻlum qildi.
Shu
haftada Rossiya kuchlari Sumi viloyatining elektr tarmoqlariga bir nechta hujumlar
uyushtirdi, baʻʻzi hududlarda elektr taʻʻminoti qisqartirildi, hokimiyatni zaxira
energiya tizimlaridan foydalanishga majbur qildi.
Ukraina
Energetika vazirligi havo hujumlari va texnologik sabablarga koʻra 10 ta hududda
elektr taʻʻminotida uzilishlar boʻlganini maʻʻlum qildi.
Evropa
Ittifoqi oʻzining xavotir belgisi sifatida Litvada yoqilgʻi bilan ishlaydigan
elektr stantsiyasini Ukrainada qayta qurish uchun demontaj qilinayotganini va elektr
energiyasi eksporti ham koʻpaytirilishini bildirdi.
BMTning
Ukrainadagi Inson huquqlari monitoringi missiyasi Rossiyaning hujumlari xalqaro
gumanitar huquqni buzganini, suv va issiqlik taʻʻminoti kabi muhim xizmatlarni
xavf ostiga qoʻyganini hamda aholi salomatligi, taʻʻlim va iqtisodiyotga tahdid
solayotganini maʻʻlum qildi.
Kievning qayd
etishicha, energetika tizimini nishonga olish urush jinoyati hisoblanadi hamda
Xalqaro jinoiy sud fuqarolik energetika infratuzilmasini bombalagani uchun toʻrt
nafar rossiyalik amaldor va harbiy zobitlarni hibsga olishga order bergan.
Moskva esa
energetika infratuzilmasi qonuniy harbiy nishon ekanini taʻʻkidlab, bu
ayblovlarni ahamiyatsiz deb hisoblaydi.