19.09.2024 18:28

Sabra va Shatila qirgʻini: 42 yildan soʻng Gʻazoga koʻchgan vahshiylik

Bundan 42 yil oldin Livandagi falastinlik qochqinlar joylashgan Sabra va Shatila lagerlarida katta qirgʻin sodir etilgan edi. 1982 yil 16-18 sentyabrʻ kunlari livanlik nasroniy falangistlar sionistlar bilan hamkorlikda ushbu lagerlarda qatliom uyushtirdi, oqibatda 3500 ga yaqin falastinliklar – asosan ayollar, bolalar va keksalar vahshiyona oʻldirildi.

Bundan 42 yil oldin Livandagi falastinlik qochqinlar joylashgan Sabra va Shatila lagerlarida katta qirgʻin sodir etilgan edi.

1982 yil 16-18 sentyabrʻ kunlari livanlik nasroniy falangistlar sionistlar bilan hamkorlikda ushbu lagerlarda qatliom uyushtirdi, oqibatda 3500 ga yaqin falastinliklar – asosan ayollar, bolalar va keksalar vahshiyona oʻldirildi.

“Livan falangi” (“Kataib”) xristian millatchi partiyasi rahbari, endigina prezident etib saylangan Bashir Jmayelning oʻldirilishi Livanni ishgʻol qilgan Arielʻ Sharon rahbarligidagi Isroil armiyasi uchun ushbu genotsidni amalga oshirishga bahona boʻldi.

Sabra va Shatila qirgʻinining 42 yilligi ayni paytda Gʻazoda davom etayotgan genotsid bilan bir vaqtga toʻgʻri keldi. Oldingidan farqli ravishda bugun biz Isroilning shafqatsiz siyosati davom etayotganini va jamoatchilikning bunga boʻlgan munosabati sezilarli darajada oʻzgarganini kuzatishimiz mumkin.

“Nakba” (arabcha “Falokat kuni”)dan – 1948 yilda Isroil davlatining tashkil etilishi va oqibatda 700 mingdan ortiq falastinlikning oʻz eridan quvilishidan boshlab sionistlar amalga oshirayotgan qirgʻinlar va etnik tozalashlar silsilaviy tarzda, maʻʻlum reja asosida uyushtirilib kelinmoqda.

Xuddi shu yili Isroil davlatining tashkil etilishiga olib kelgan urush, shuningdek, 200 ga yaqin qishloq aholisi halok boʻlgan Tantura qirgʻini va yuzdan ortiq falastinlik oʻldirilgan Deyr Yassin qatliomi ham yuz bergan.

Isroil armiyasi 1948 yildan soʻng Falastin va boshqa arab mamlakatlarida xuddi shunday siyosatni davom ettirdi. Bu 1970 yilda Misrdagi “Bahr al-Baqar” maktabining bombardimon qilinishidan tortib, 1996 yilgi Livandagi “Qana” qirgʻinigacha davom etdi.

2005 yildani beri ham Isroil Gʻazo sektorida bir qator urush jinoyatlarini sodir etib kelmoqda. Sionistlar Gʻazodan chiqib ketgach sektorni qamal qildi va minglab odamlarning hayotiga zomin boʻlgan beshta yirik hujumni tashkillashtirdi.

Endi esa uzoq yillik vahshiyliklariga qaramay xalqaro hamjamiyat tomonidan jazolanmagan bosqinchilar tobora haddidan oshib, oʻn minglab falastinliklarni, jumladan shifoxonalar yoki BMT boshqaruvidagi maktablar kabi “xavfsiz hududlar”da boshpana topganlarni ham oʻldirishdan tiyilmayapti.

Dunyo eʻʻtiboridan chetda qolgan falastinliklar

Isroilning musulmonlarga qarshi urushi koʻlami yillar mobaynida kengayib, tobora shafqatsiz tus olib bormoqda. Bunga sabab: sionistik mafkuraning irqchilik tabiatidir.

Bugungi Isroilda “yahudiylarning oliy irq” ekanligi haqidagi gʻoya asosiy tamoyilga aylangan. 7 oktyabrdagi HAMAS hujumidan soʻng Isroilning yuqori martabali amaldorlari koʻplab irqchilik bayonotlari bilan chiqdi. Jumladan, mudofaa vaziri Yoav Galantning falastinliklarni “odamsimon hayvonlar” deb atashi ularning haqiqiy qiyofasini namoyon etdi.

Afsuski, ushbu irqchilikka asoslangan, fashistik davlat oʻzining xalqaro qoʻllab-quvvatlovchilariga ega. Gʻarb mamlakatlari falastinlik qurbonlar soni 41 mingdan oshishiga qaramay, Isroilni qurol va boshqa moliyaviy tomonlama dastaklayapti.

Shu bilan birga, asosan musulmonlar yashovchi davlatlar hukumatlari ushbu ochiq-oydin insoniyatga qarshi jinoyatlarni faqat soʻz bilan qoralayapti. Baʻʻzilari esa uyalmasdan Isroil bilan siyosiy va iqtisodiy aloqalarni, xuddi hech narsa boʻlmagandek, davom ettirmoqda.

Gʻazodagi deyarli bir yillik urushdan soʻng ham ommaviy qon toʻkishni toʻxtatish uchun jiddiy xalqaro saʻʻy-harakatlar boʻlmagani sababli ham Isroil xohlaganicha falastinliklarni oʻldirishi va hududdagi koʻplab uylar, binolar va kasalxonalarni vayron qilishga jazm etyapti.

1982 yil 24 sentyabrʻ kuni Sabra va Shatila qirgʻini tafsilotlari maʻʻlum boʻlgach, Telʻ-Avivda Isroil muxolifati boshchiligidagi norozilik namoyishlari oʻtkaziladi. 400 mingga yaqin namoyishchilar hukumatdan Livandagi urush jinoyatlariga oid tekshiruv oʻtkazishni talab qilishadi. Norozilik harakati hukumatni Kahan komissiyasini tuzishga va tekshiruvlardan soʻng Arielʻ Sharonni mudofaa vaziri lavozimidan isteʻʻfoga chiqarishga majbur qiladi.

Bugun avvalgisidan farqli ravishda isroillik siyosatchilar, jurnalistlar va oddiy fuqarolar davlatning genotsid harakatlarini ochiqchasiga qoʻllab-quvvatlamoqda. Faqatgina namoyishchilar hukumatni HAMAS qarshilik harakati tomonidan garovga olinganlarni ozod qilish boʻyicha bitim imzolashga chaqirmoqda.

Tarix Isroilning Falastin xalqiga nisbatan shafqatsizliklari jazosiz qolmasligini koʻp bora isbotlagan.

Ishgʻol siyosati qanchalik shafqatsizlashsa, bu uning nihoyasi yaqinlashayotganidan darak beradi. Bundan tashqari, Isroil “axloqiylik” gʻoyasiga asoslangan davlat boʻlib, Gʻazodagi qirgʻinlar bu gʻoyani butunlay yoʻqqa chiqardi. Bosqinchilarning Falastinliklarga qarshi davom etayotgan jinoyatlari esa Isroilni butun mintaqa uchun asosiy tahdidga aylantirmoqda.

 

Mavzuga aloqador