20.09.2024 08:28

Livanda peyjer va ratsiyalar portlashi oqibatida halok boʻlganlar soni 37 nafarga etdi

Livan sogʻliqni saqlash vaziri mamlakatda ratsiyalar portlashidan 25 nafar, peyjerlar portlashidan esa 12 kishi, jami 37 kishi halok boʻlganini maʻʻlum qildi. Hizbulloh esa halok boʻlganlarning 25 nafari oʻz aʻʻzolari ekanini bildirdi. Shuningdek, ushbu qurilmalarga Isroil avvaldan portlovchi modda va maxsus dasturiy taʻʻminot oʻrnatgani aniqlandi.  

Livan sogʻliqni saqlash vaziri Firas al-Abyad matbuot anjumanida koʻplab ratsiyalarning portlashi oqibatida halok boʻlganlar soni 25 nafarga, yaralanganlar soni esa 608 nafarga koʻtarilganini bildirdi.

Abyad jarohatlanganlarning 61 nafari jonlantirish boʻlimida ekani va ahvoli ogʻirligini qayd etdi.

Livanda 17 sentyabrʻ seshanba kuni Hizbulloh aʻʻzolari tomonidan foydalanilgan peyjerlarda bir vaqtning oʻzida sodir boʻlgan portlashlarda 12 kishining hayotdan koʻz yumganini eslatgan Abyad bu hujumlarda yaralanganlar soni aslida 2323 nafar boʻlgani, ulardan 1343 nafarining ahvoli oʻrtacha va ogʻir ekanini bildirdi.

Seshanba kuni mamlakatda sodir boʻlgan portlashlarda yaralanganlar sonining kamayishiga yaradorlarning bir nechta kasalxonaga borib roʻyxatdan oʻtishlari sabab boʻlgani maʻʻlum qilindi. Shuningdek, yaralanganlardan 955 nafari jarrohlik amaliyotini oʻtkazgani, 226 nafari hali ham jonlantirish boʻlimida ekani bildirildi.

Oʻz navbatida, Hizbulloh ratsiyalar portlashi natijasida 25 nafar aʻʻzosi halok boʻlganini maʻʻlum qildi. Shunday qilib, 2023 yil 8 oktyabrdan beri Isroil hujumlarida halok boʻlgan Hizbulloh aʻʻzolari soni 478 nafarga etdi.

Reuters va The Times of Israel manbalarining aytishicha, portlagan peyjer va ratsiyalar Hizbulloh aʻʻzolari tomonidan besh oy oldin sotib olingan. Axios maʻʻlumotlariga koʻra, qurilmalarga portlovchi moddalar Isroil razvedka xizmatlari tomonidan oldindan oʻrnatilgan, soʻngra Hizbullohga topshirilgan. Guruh ulardan Isroil bilan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan mojaro paytida foydalanish uchun favqulodda aloqa tizimining bir qismi sifatida foydalanishni rejalashtirgan.

Mavzuga aloqador