Isroil va "Hizbulloh" oʻrtasida keng koʻlamli harbiy harakatlar boshlandi

Bugun, 19 sentyabrʻ kuni bosqinchi Isroil kuchlari Livanni faol ravishda bombardimon qilishni boshladi. Bu haqda TRT axborot agentligi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, hozirda sionistlarning qiruvchi samolyotlari Bayrut osmonida uchmoqda. Livanning "Hizbulloh" harakati ham javob tariqasida ishgʻol hududi tomon raketalar uchirmoqda. 

Isroilning hujumi shia harakati etakchisi Hasan Nasrulloh peyjerlar va ratsiyalarning portlatilishiga javoban terrorchilarga javob qaytarish bilan tahdid qilayotgan vaqtda boshlangan. Bu paytda Isroil harbiy havo kuchlari "Hizbulloh"ning Livan janubidagi pozitsiyalariga zarbalar bergan. 

Shuningdek, Isroil ishgʻoli ostidagi Gʻarbiy Jalilada ham Livandan tushgan raketalar va dronlar tufayli elektr taʻʻminotida uzilishlar kuzatilyapti. Oʻz navbatida, Isroil qiruvchi samolyotlari Bayrut shahri va uning janubiy chekkalari ustidan uchib oʻtib, juda past balandlikda bombardimon missiyalarini amalga oshirmoqda.

Mahalliy Livan matbuoti "Hizbulloh"ning Margaliot shahriga bergan zarbasi natijasida 2 nafar isroillik askar halok boʻlganini va 16 nafari yaralanganini xabar qildi. Telʻ-Aviv ushbu yoʻqotishlarni tan olmayapti. Shunga qaramay Isroil OAVlari yaralangan isroillik askarlarni evakuatsiya qilish tasvirlarini chop etmoqda.

Ayni paytda "Hizbulloh" harakati rahbari Hasan Nasrulloh Isroilni Livanga quruqlikdan hujum boshlashga chaqirib, bu livanliklar uchun qasos olish yoʻlidagi “tarixiy imkoniyat” boʻlishini aytmoqda. Bundan tashqari, u Isroil hukumati yahudiy koʻchmanchilarini ishgʻol ostidagi shimoliy viloyatlarga qaytara olmasligiga vaʻʻda berdi.

Avvalroq, Isroil armiyasi bosh shtabi boshligʻi Gerzi Halevi X ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasi orqali Livan bilan shimoliy chegaradagi urush rejalari tasdiqlanganini maʻʻlum qilgandi.

Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant mamlakat "urushning yangi bosqichini ochayotgani" va "resurslar va kuchlar yoʻnaltirilishi tufayli ogʻirlik markazi shimolga siljishi"ni aytgandi. 

"Hizbulloh" harakati etakchisi esa Isroil tomonidan Livandagi peyjerlarning portlatilishi "oshkora terrorizm, harbiy jinoyat yoki eng kamida urush eʻʻlon qilish", ekanini bildirgan.

Mavzuga aloqador