-
Isroil shu vaqtga qadar ushbu gumanitar tashkilot taʻʻminoti ostidagi 188 ta infratuzilmani vayron qildi. Bu ham etmaganidek, haqiqiy terrorchi sionistlar UNRWA’ni “terroristik tashkilot”, deb eʻʻlon qildi. Shu bois, 7 oktyabrdan hozirga qadar bosqinchilar Gʻazo sektoridagi BMTning infratuzilmasini toʻliq nishonga olgan holda yoʻq qilishga harakat qilib kelmoqda.
-
Xabarda aytilishicha, Hizbulloh harakati bosh kotibi Hasan Nasrulloh bir kun avval Isroil armiyasining Bayrutning janubiy hududlarida uyushtirgan havo hujumlari natijasida halok boʻlgan.
-
Falastin, Livan va Yamandagi nodavlat va kam resursga ega qarshilik kuchlari qudratli davlat qoʻllab-quvvatlovi ostidagi Isroil arsenaliga qarshi bir yil davomida samarali qarshilik koʻrsatayotgani mustamlakachilikka qarshi ozodlik urushlari tarixida chinakam tarixiy yutuq hisoblanadi – tadqiqotchi Hisham Safiaddin maqolasidan.
-
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 358 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
-
Isroil armiyasi oʻta aniq razvedka maʻʻlumotlari asosida Hizbullohning Livan poytaxti Beyrut shahrining Dahiya tumanidagi er ostida joylashgan harakat bosh qarorgohiga berilgan aviazarba natijasida Hasan Nasrulloh oʻldirilganini maʻʻlum qildi. Hizbulloh manbalari uning halok boʻlmagani, biroq yaralanganini bildirdi.
-
Iroq va Qoʻshma Shtatlar xalqaro koalitsiya missiyasini 2025 yilning sentyabrigacha yakunlashini eʻʻlon qildi. Biroq Vashington bu "hali qoʻshinlarni olib chiqish emas"ligini taʻʻkidladi.
-
AQShning Nʻyu-York shahrida Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirlari hamda AQSh davlat kotibi oʻrtasida «C5+1» formatidagi uchrashuv boʻlib oʻtdi.
-
AQShda qotillikda aybdor deb topilgan imom Marselus «Xalifa» Uilʻyams oʻlimga olib keladigan inʻʻektsiya orqali qatl etildi. Uilʻyam 1998 yilda jurnalist Felisiya Geylni oʻldirganlikda ayblanib 2001 yilda oʻlimga hukm qilingan. Prokurorlar qotillik qurolida uning DNKlari topilmaganini aytib, "yanada kengroq tergov oʻtkazish" uchun ijroni kechiktirishni soʻraganiga qaramasdan, hukm ijro etildi.
-
Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovga oʻzaro ishonchni mustahkamlash yoʻlida davlatlar bir-birlarining ichki ishlariga aralashmaslik tamoyiliga amal qilish muhimligini aytdi. Avvalroq Toshkentdagi maktabda rus tili oʻqituvchisi oʻquvchini urgani yuzasidan RF TIV rasmiy vakili Oʻzbekistondan rasmiy tushuntirish soʻralganini maʻʻlum qilgan edi.
-
Isroil armiyasi oxirgi 24 soat ichida Livanning turli hududlariga havo hujumlarini uyushtirishda davom etmoqda, natijada 94 kishi halok boʻldi, 168 kishi tan jarohati oldi. Livan SSV hujumlar natijasida jami 748 kishi halok boʻlganini maʻʻlum qildi.