28.09.2024 12:35

Isroil armiyasi Hizbulloh etakchisi Hasan Nasrulloh oʻldirilganini iddao qilmoqda

Isroil armiyasi oʻta aniq razvedka maʻʻlumotlari asosida Hizbullohning Livan poytaxti Beyrut shahrining Dahiya tumanidagi er ostida joylashgan harakat bosh qarorgohiga berilgan aviazarba natijasida Hasan Nasrulloh oʻldirilganini maʻʻlum qildi. Hizbulloh manbalari uning halok boʻlmagani, biroq yaralanganini bildirdi.

Isroil armiyasi Hizbulloh etakchisining oʻldirilishi tafsilotlarini oshkor qildi. Qayd etilishicha, oʻta aniq razvedka maʻʻlumotlari asosida Isroil havo kuchlari samolyotlari Beyrutning Dahiya tumanidagi turar-joy binosi tagida er ostida joylashgan Hizbullohning markaziy qarorgohiga hujum qilgan.

“Hujum Hizbullohning yuqori martabali rahbariyati shtab-kvartirasida Isroil davlati fuqarolariga qarshi terrorchilik faoliyatini muvofiqlashtirgan vaqtda yuz bergan”, deyiladi xabarda.

Oʻz navbatida, Hizbulloh Hasan Nasrulloh Isroilning yirik raketa hujumidan omon qolganini bildirdi.

Harakat vakillarining soʻzlariga koʻra, Nasrulloh yaralangan, biroq shifokorlar uni qutqarib qolishga muvaffaq boʻlishgan.

«Hizbulloh» tez orada rasmiy bayonot eʻʻlon qiladi, unda Nasrullohning ahvoli va bugun kechqurun sodir boʻlgan voqealar haqida soʻz boradi”, - deya qoʻshimcha qildi vakil.

Mavzuga aloqador