Falastin, Livan va Yamandagi nodavlat va kam resursga ega qarshilik kuchlari qudratli davlat qoʻllab-quvvatlovi ostidagi Isroil arsenaliga qarshi bir yil davomida samarali qarshilik koʻrsatayotgani mustamlakachilikka qarshi ozodlik urushlari tarixida chinakam tarixiy yutuq hisoblanadi – tadqiqotchi Hisham Safiaddin maqolasidan.


Oʻtgan hafta Isroilning Livanga qarshi uyushtirgan qator shafqatsiz hujumlari, jumladan, aloqa qurilmalarini portlatishi va Bayrutning Dahiya tumani chekkasiga havodan bergan zarbalari “Hizbulloh”ga ogʻir talafot etkazdi.

Hujumlar oqibatida koʻp sonli tinch aholi vakillari qurbon boʻldi, bundan tashqari oʻnlab shia harakati jangchilari, “Radvan” elita boʻlinmasining yuqori darajali qoʻmondonlari halok boʻldi.

Dushanba kuni Isroil oʻz hujumlarini kuchaytirdi va Livanning janubiy qismi hamda Bekaa vodiysini kuchli bombardimon qilib, bir necha soat ichida mingdan ortiq mahalliy aholini oʻldirdi va yarador qildi.

Sionistlarning “Hizbulloh” aloqa tarmogʻiga kirib, yuqori mavqedagi aʻʻzolarini yoʻq qila olish qobiliyati qarshilik kuchlarining jang maydonida samarali harakat qila olish salohiyatini shubha ostida qoldirdi. Razvedkadagi muvaffaqiyatsizliklar urushning umumiy borishiga jiddiy taʻʻsir qilishi mumkin.

Bunday hodisalar soni may oyida shia harakatining homiysi boʻlgan Eronning sobiq prezidenti Ibrohim Raisiyning samolyoti qulab, shubhali oʻlim topganidan keyin ancha ortdi.

Xalq birdamligi

Muvaffaqiyatsizliklarning jiddiyligi va bu qoidabuzarliklar uchun hisob berish zaruratiga qaramay, xalqning hujumga munosabati va dam olish kunlarida “Hizbulloh”ning tezkor harbiy reaktsiyalari oddiy odamlar va qarshilik kuchlari uchun ham bardosh belgisi boʻldi.

Ichki miqyosda Isroilning qonli hujumlari minglab qurbonlarga nisbatan jamoatchilik hamdardligi, xalq birdamligi va qoʻllab-quvvatlash toʻlqinini qoʻzgʻatdi. Haydovchilar va qon topshirish boʻyicha koʻngilli shifokorlar qutqaruv va davolash ishlariga qoʻshildilar.

Livan hukumati vakillari, “Hizbulloh” bilan keskin munosabatda boʻlgan “Erkin vatanparvarlar harakati” hamda druzlar etakchisi Valid Jumblattning “Taraqqiyparvar sotsialistik partiyasi” kabi siyosiy guruhlar shia harakati tomonga oʻtishdi. Ularning bu qarori, garchi ramziy boʻlsa-da, “Hizbulloh”ning anʻʻanaviy raqiblari qoʻzgʻatgan shubha va qoʻrquv toʻlqinini yumshatdi.

Harbiy frontda shia harakati oʻnlab qisqa va uzoq masofali raketalari bilan Xayfa shahrining janubigacha boʻlgan bir nechta shahar markazlarini nishonga oldi. Nishonlar orasida elektron ishlab chiqarish majmuasi va Isroilning yirik harbiy havo bazasi – Ramat David inshootlari ham bor edi.

Eng muhimi, qarshilik koʻrsatish operatsiyalarining keskinlashuvi bosqinchilarning eʻʻlon qilingan maqsadlarini barbod qildi.

Jumladan, Livanga hujumdan koʻzlangan ikkita asosiy maqsad – shimoliy frontni Gʻazodan ajratish va oʻn minglab koʻchmanchi yahudiylarni ishgʻol ostidagi Shimoliy Falastinga qaytarishdir. Hozircha ushbu rejalarning amalga oshishi soʻroq ostida qolmoqda.

Yangi bosqich

Dam olish kunlari “Hizbulloh” bosh kotibi oʻrinbosari Naim Qosim urush yuqori bosqichga oʻtganini va yanada koʻproq livanliklar koʻchishga majbur boʻlishini eʻʻlon qildi.

“Hizbulloh” raketalari ham Isroilda bir necha shahar va qishloqlardagi oʻn minglab aholini boshpana izlashga majbur qildi. Maktablar yopildi. Xabar qilinishicha, shifoxonalarga yaradorlarni er osti bunkerlariga yuborish boʻyicha koʻrsatma berilgan.

Telʻ-Aviv oʻz yoʻqotishlarini ommaviy axborot vositalarida yoritishni qatʻʻiy taqiqlagani sababli, sionistlarning harbiy obʻʻektlariga etkazilgan zarar darajasi aniq emas.

Biroq bu obʻʻektlarning “Hizbulloh” oʻqlaridan toʻlaqonli himoyalanmagani va “Temir gumbazi” barcha raketalarni tuta olmasligini inobatga olsak, Isroilning tiyib turish qobiliyati zaiflashayotganini tushunsa boʻladi.

Chegaradan uzoqroqda joylashtirilgan “Hizbulloh”ning uzoq masofali raketalari ham bosqinchilarning Litani daryosi janubidagi Livan hududiga quruqlikdan bostirib kirishiga toʻsqinlik qilmoqda.

Ayni paytda shia harakatining Falastin, Yaman va Iroqdagi ittifoqchilari tomonidan eʻʻlon qilingan birdamlik bayonotlari va harbiy yordami ham “frontlar birligi” tamoyilini mustahkamlayapti. Bu hozirgi qarshiliklarni alohida-alohida koʻrib chiqish imkonsizligini, sionistlarga qarshi keng jabhada urush boshlanganini anglatadi.

“Hizbulloh” bir necha bor isroillik koʻchmanchilarni shimoliy aholi punktlariga qaytarish uchun Isroil Gʻazoga qarshi urushini toʻxtatishi lozimligini taʻʻkidlagan.

Xoin hukumatlar va Gʻarb himoyasi

Shimoliy frontda Isroilning yuqori darajadagi hujumlari Telʻ-Avivning adolatli va oqilona echimni buzishga intilayotganini koʻrsatadi. Ishgʻolchilar Livanga ochiqchasiga hujum qilishi barobarida, Gʻazodagi falastinliklarni shafqatsizlarcha bombardimon qilishdan ham toʻxtamayapti.

Sharqroqda esa Isroil qurolli kuchlari Gʻarbiy Sohildagi qochqinlar lagerlari, shahar va qishloqlarga qarshi shiddatli reydlar oʻtkazmoqda. Yahudiy koʻchmanchi radikallari Falastindagi uy-joylarni vayron qilmoqda.

Isroilning ortida AQSh va uning gʻarbiy ittifoqchilari turmaganida fashistlar bu qadar katta harbiy xarajatlarga dosh berolmasdi.

Qolaversa, BMTning samarasiz qoralashlari, Xitoy va Rossiya kabi AQSh raqiblarining taʻʻsirsiz noroziliklari, arab davlatlari va hukumatlarining, xususan, Iordaniya va Misr kabi Falastin bilan chegaradosh davlatlar hukumatlarining ochiqchasiga Isroilga koʻmaklashayotgani sionistlarni yanada quturtirmoqda.

Shu nuqtai nazardan qaraganda, Falastin, Livan va Yamandagi nodavlat va kam resursga ega qarshilik kuchlari qudratli davlat qoʻllab-quvvatlovi ostidagi Isroil arsenaliga qarshi bir yil davomida samarali qarshilik koʻrsatayotgani mustamlakachilikka qarshi ozodlik urushlari tarixida chinakam tarixiy yutuq hisoblanadi. Qolganini esa vaqt koʻrsatadi...

Faqat bir savol hamon javobsiz qolmoqda: AQSh imperializmining kuchayishidan xavotirga tushayotgan davlatlar yana qachongacha jim qarab turarkan?

Hisham Safiaddin, tadqiqotchi

 

 

Mavzuga aloqador