AQShning Nʻyu-York shahrida Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirlari hamda AQSh davlat kotibi oʻrtasida «C5+1» formatidagi uchrashuv boʻlib oʻtdi.

27 sentyabrʻ kuni Nʻyu-York shahrida BMT Bosh Assambleyasining 79 yillik sessiyasi doirasida «C5+1» mintaqaviy diplomatik platformasi shafeligida Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirlari hamda AQSh davlat kotibi oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston TIV matbuot xizmatining xabar qilishicha, uchrashuvda Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, barqaror rivojlanishni qoʻllab-quvvatlash, transport-logistika oʻzaro bogʻliqligini mustahkamlash, mintaqada tinchlik va farovonlikka koʻmaklashish borasidagi saʻʻy-harakatlarning ahamiyatini taʻʻkidlagan. Taʻʻkidlanishicha, ekologik oʻzgarishlar oqibatlarini yumshatish boʻyicha birgalikdagi saʻʻy-harakatlarga alohida eʻʻtibor qaratilgan.

«AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken 2023 yil 19 sentyabrda boʻlib oʻtgan „C5+1“ davlat rahbarlarining birinchi sammiti yakunlari boʻyicha erishilgan kelishuvlarni, shuningdek, Nʻyu-York deklaratsiyasini samarali amalga oshirishga sodiqligini bildirib, mineral resurslar boʻyicha „C5+1“ muloqotining; AQSh va Markaziy Osiyo biznes hamkorligini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha birinchi „B5+1“ forumi va nogironlik huquqlari boʻyicha „C5+1“ maxsus sessiyasi oʻtkazilayotgani olqishladi», — deyiladi xabarda.

Ishtirokchilar, shuningdek, terrorizm, ekstremizm, narkotrafik, transmilliy va kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish hamda radikallashuvga qarshi kurashish boʻyicha birgalikdagi saʻʻy-harakatlarni yanada faollashtirish va muvofiqlashtirish zarurligini tilga olgan.

2025 yilda «C5+1» formati doirasidagi hamkorlikning oʻn yilligi nishonlanadi. Shu munosabat bilan tomonlar mintaqa mamlakatlari va AQShning global masalalarga mintaqaviy echimlarni izlashni davom ettirish, shuningdek, «C5+1» diplomatik platformasi doirasida hamkorlikni chuqurlashtirish istagini olqishlagan.

Mavzuga aloqador