Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 358 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Rafahdagi turar-joy binolari va Nuseyrat lageriga hujum qildi. Urush boshlanganidan buyon 41534 kishi shahid boʻldi.

▪️Tun boʻyi ishgʻolchilar Livanga misli koʻrilmagan hujumlar uyushtirdi. Faqatgina tongning oʻzida Bayrut chekkasiga 30 ta hujum uyushtirildi. Oʻnlab binolar vayron boʻldi, shahidlar soni nomaʻʻlum.

▪️Natsistlarning Livanning aholi zich joylashgan Dahiya tumaniga bergan zarbalari butun boshli mavzeni er yuzidan yoʻq qildi.

▪️Bosqinchilar va Amerika matbuotiga koʻra, Hizbulloh bosh kotibi Hasan Nasrulloh Bayrutga qilingan hujumda halok boʻlgan. Eronning Tasnim agentligi bosh kotib bilan hammasi yaxshi ekanini xabar qildi.

▪️Hizbulloh Hayfa, Safad, Nosira, Jalila va Akrga yirik raketa zarbalarini berdi. Koʻchmanchilar orasida yaradorlar bor.

▪️Evropa Ittifoqi rahbari: Biz faqat AQShga tayana olmaymiz. Hech kim Netanyaxuni toʻxtata olmayotganga oʻxshaydi.

▪️Harbiy ekspert Fayaz Duayri: «Hizbulloh»ning Bayrutdagi shtab-kvartirasiga qilingan hujumlar partiya ichida halokatli xavfsizlik boʻshligʻi mavjudligini tasdiqlaydi.

Mavzuga aloqador