Bugun, 29 iyunʻ kuni BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Markaziy Osiyo davlatlariga safarini boshlaydi. Qayd etilishicha, u avval Oʻzbekistonga, soʻngra Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Tojikiston va Turkmanistonga tashrif buyuradi. Shuningdek, Gutterish 4 iyulʻ kuni Shanxay hamkorlik tashkilotining Ostonadagi sammitida ishtirok etadi.