xalqaro sud
Xalqaro sud: Isroil Sharqiy Quddus va Gʻarbiy Sohilda bosqinchi hisoblanadi
BMTning Xalqaro sudi Isroilni Falastin hududlarini ishgʻol qilishni darhol toʻxtatishga chaqirdi. Shuningdek, Xalqaro sud Isroil Sharqiy Quddus va Gʻarbiy Sohilda bosqinchi hisoblanishini qayd etib, undan Falastin hududlaridagi “adolatsiz harakatlari” tufayli etkazilgan barcha zararni qoplashni talab qildi.
Davomini o'qish...102420.07.2024 08:28Xalqaro sud Netanyaxu va Galantni hibsga olishga order berishni kechiktirdi.
Xalqaro sud G‘azo sektorida insoniyatga qarshi jinoyat sodir etishda ayblangan Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va mudofaa vaziri Yoav Galantga nisbatan yakuniy hukm e’lon qilinishini kechiktirdi. Bunga Britaniyaning ushbu masala bo'yicha Xalqaro sud yurisdiktsiyasiga qarshi arizasi sabab bo'lgan.
Davomini o'qish...51328.06.2024 12:35AQSh Netanyaxuni hibsga olish orderi sababli XJSga qarshi sanktsiyalar qoʻllamoqchi
Amerikalik kongressmenlar Isroil bosh vaziri Benʻyamin Netanyaxu va mudofaa vaziri Yoav Galantni hibsga olishga order berish talabi uchun Xalqaro jinoyat sudidan oʻch olmoqda. Agar qonun loyihasi qabul qilinsa, XJS xodimlari AQSh vizalarini ololmaydi, ularning AQShdagi aktivlari va koʻchmas mulk bilan bogʻliq operatsiyalari muzlatiladi.
Davomini o'qish...118704.06.2024 12:35Xalqaro sud Isroilga Gʻazodagi harbiy tajovuzni darhol toʻxtatishni buyurdi
Xalqaro sud Isroilga harbiy tajovuzlarni darhol toʻxtatish hamda Gʻazo sektoridagi asosiy xizmatlar va insonparvarlik yordamlariga toʻsiqsiz etib borishni taʻʻminlash uchun “Rafah” chegara postini ochiq qoldirishni topshirdi.
Davomini o'qish...97924.05.2024 17:40Xalqaro sud Isroilga Gʻazoga gumanitar yordamning toʻsiqsiz etkazilishini taʻʻminlashni buyurdi
BMT Xalqaro sudi Isroilga Gʻazoga gumanitar yordamning toʻsiqsiz etkazilishini taʻʻminlash va falastinliklarning huquqlarini buzmaslikni buyurdi. Xalqaro sud Gʻazodagi vaziyat 2024 yil 26 yanvardagi taqiqlardan keyin yanada yomonlashdi, bu esa yangi choralar koʻrishni talab qiladi, deb hisoblaydi.
Davomini o'qish...144029.03.2024 11:35600 dan ziyod chililik yuristlar Isroil bosh vaziri ustidan daʻʻvo ochdi
Chililik 620 nafar yurist Xalqaro jinoiy sudga Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va boshqa Isroil rasmiylariga qarshi Falastin hududida sodir etilgan jinoyatlar uchun daʻʻvo arizasi berdi. Daʻʻvoda Gʻazo sektori va Gʻarbiy Sohilda falastinliklarga nisbatan genotsid, insoniyatga qarshi jinoyatlar va urush jinoyatlari sodir etilgani haqida dalillar keltirilgan.
Davomini o'qish...140620.03.2024 11:33Jazoir BMT Xavfsizlik Kengashiga Gʻazoda zudlik bilan oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha rezolyutsiya loyihasini taqdim etdi
Jazoir BMT Xavfsizlik Kengashiga Gʻazoda zudlik bilan oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha rezolyutsiya loyihasini taqdim etdi. Seshanba kuni Xavfsizlik kengashida ovozga qoʻyilishi kutilayotgan mazkur tashabbusga AQSh qarshi chiqdi.
Davomini o'qish...164919.02.2024 07:41“Gʻazo ishi”da Isroilni yoqlagan ugandalik sudʻya Xalqaro sud raisi oʻrinbosari boʻldi
Livanlik sudʻya Navaf Salam Xalqaro Sudning yangi raisi, "Gʻazo genotsidi" ishi boʻyicha chiqarilgan barcha qarorlarda Isroilni yoqlab ovoz bergan ugandalik sudʻya Julia Sebutinde esa rais oʻrinbosari etib saylandi.
Davomini o'qish...179108.02.2024 09:27Belʻgiya Isroilga porox eksport qiluvchi zavod litsenziyasini toʻxtatdi
Belʻgiya Isroilga porox eksport qiluvchi PB Clermont zavodiga berilgan litsenziyalarni vaqtincha toʻxtatdi. Bunga Xalqaro sudning 27 yanvardagi qarori va Gʻazo sektoridagi gumanitar vaziyat qabul qilib boʻlmaydigan darajada yomonlashgani sabab qilib koʻrsatildi.
Davomini o'qish...161007.02.2024 07:10Itochu kompaniyasi Gʻazodagi urush sababli Isroil shirkati bilan hamkorlikni toʻxtatadi
Yaponiyaning Itochu kompaniyasi Gʻazodagi urush sababli Isroilning Elbit mudofaa shirkati bilan harbiy sohadagi hamkorlikni toʻxtatadi. “Itochu oʻtgan oy Xalqaro sud Isroilga falastinliklarga qarshi genotsid harakatlarining oldini olish va tinch aholiga koʻproq yordam berishni topshirganidan keyin hamkorlikni tugatishni rejalashtirmoqda”, ‑ dedi kompaniya moliyaviy direktori.
Davomini o'qish...168506.02.2024 08:30