29.03.2024 11:35

Xalqaro sud Isroilga Gʻazoga gumanitar yordamning toʻsiqsiz etkazilishini taʻʻminlashni buyurdi

BMT Xalqaro sudi Isroilga Gʻazoga gumanitar yordamning toʻsiqsiz etkazilishini taʻʻminlash va falastinliklarning huquqlarini buzmaslikni buyurdi. Xalqaro sud Gʻazodagi vaziyat 2024 yil 26 yanvardagi taqiqdan keyin yomonlashdi, bu esa yangi choralar koʻrishni talab qiladi, deb hisoblaydi.

BMT Xalqaro sudi (ICJ) Isroilga Gʻazoga gumanitar yordamning toʻsiqsiz etkazilishini taʻʻminlash va falastinliklarning huquqlarini buzmaslikni buyurdi, deya xabar qilmoqda Anadolu.

Xalqaro sud yozma bayonotida Janubiy Afrika Respublikasining Isroilga qarshi ochgan genotsid ishi doirasida yangi chora-tadbirlar toʻgʻrisida qaror qilganini bildirdi.

ICJ oʻz qarorida Isroil harbiylariga Genotsid konventsiyasi boʻyicha "himoyalangan guruh" boʻlgan falastinliklarning huquqlarini poymol qilmaslik, jumladan, Gʻazoga juda zarur boʻlgan insonparvarlik yordamlarining etkazilishiga toʻsqinlik qilmaslikni buyurdi.

Gʻazoda ocharchilik

ISJ Gʻazodagi vaziyat 2024 yil 26 yanvarda joriy etilgan taqiqdan soʻng yomonlashdi, bu esa yangi choralar koʻrishni talab qiladi, deb hisoblaydi.

Sud qarorida 2024 yil 26 yanvardan buyon “Gʻazo sektoridagi falastinliklarning turmush sharoiti halokatli yomonlashgani, jumladan, ularning oziq-ovqat va boshqa asosiy ehtiyojlari uzoq vaqt va keng darajada qondirilmay kelinayotgani hamda ocharchilik xavf-xatar chegaralaridan chiqib ketgani qayd etildi.

Sud 26 yanvarʻ kuni chiqarilgan buyruqning qonuniyligini tasdiqladi hamda “butun Gʻazo sektori, jumladan, Rafahga nisbatan qoʻllaniladigan choralarni zudlik bilan va samarali amalga oshirishga” chaqirdi.

Gʻazoga gumanitar yordam etkazib berish

Sud “Gʻazodagi falastinliklar turmush sharoitining yomonlashishi, xususan, ochlik va ocharchilikning tarqalishiga javoban” uchta yangi chora koʻrishni buyurdi.

Unga koʻra, ICJ Isroilga “BMT bilan toʻliq hamkorlikda barcha manfaatdor shaxslar tomonidan zudlik bilan zarur boʻlgan asosiy xizmatlar va insonparvarlik yordamlari, jumladan oziq-ovqat, suv, elektr energiyasi, yoqilgʻi, boshpana, kiyim-kechak, gigiena ehtiyojlari, dori-darmonlar va tibbiy yordam toʻsiqsiz taqdim etilishini taʻʻminlash uchun barcha zarur va samarali choralarni darhol koʻrish, shuningdek, quruqlikdan oʻtish joylarining sigʻimi va sonini oshirish hamda ularni zarur boʻlgan vaqt davomida ochiq saqlashni buyurdi”.

Shunisi eʻʻtiborga loyiqki, sudning birinchi chorasi bir ovozdan qabul qilindi, jumladan, Isroil tomonidan tayinlangan vaqtinchalik sudʻya ham maʻʻqulladi.

Sud falastinliklarning huquqlarini buzmaslikni talab qildi

Sud ikkinchi chorada Isroil harbiylariga Genotsid konventsiyasi bilan himoyalangan Gʻazodagi falastinliklarning huquqlarini hech qanday tarzda poymol qilmaslik, jumladan Gʻazoda zarur boʻlgan insonparvarlik yordamlarining etkazilishiga toʻsqinlik qilmaslik haqida buyruq berdi.

Uchinchi choraning bir qismi sifatida Sud Isroilga bir oy ichida qoʻshimcha choralarga javoban koʻrgan choralari toʻgʻrisida hisobot taqdim etishni buyurdi.

Ikkinchi qoʻshimcha choraga Uganda sudʻyasi Julia Sebutinde va isroillik sudʻya yordamchisi Aharon Barak qarshi chiqdi, faqat isroillik Barak oxirgi choraga qarshi ovoz berdi.

Sud, HAMASga ishora qilib, "qaror uchinchi tomonlar uchun majburiy boʻlmaydi" degan sabab bilan Janubiy Afrika tomonidan oʻt ochishni toʻxtatish bilan bogʻliq talab qilingan chora-tadbirlar haqida qaror chiqara olmasligini bildirdi.

Janubiy Afrika Xalqaro Suddan Isroilga qarshi yangi taqiqlar soʻradi

6 mart kuni Janubiy Afrika Xalqaro suddan gʻazoliklarning ochligi munosabati bilan yangi choralar koʻrishni soʻradi.

Janubiy Afrika Xalqaro Suddan “Gʻazodagi 2,3 million falastinlik, jumladan 1 milliondan ortiq bolalar xavfsizligini zudlik bilan taʻʻminlash uchun” qoʻshimcha choralar koʻrishni soʻradi. Janubiy Afrika zudlik bilan suddan Isroilga qarshi 26 yanvarda qabul qilgan 6 ta chorasini oʻzgartirishni va/yoki zudlik bilan yangi choralar toʻgʻrisida qaror qabul qilishni soʻradi.

26 yanvarʻ kuni eʻʻlon qilingan dastlabki qarorida Xalqaro sud Isroilga Genotsid toʻgʻrisidagi konventsiyaning 2-moddasida keltirilgan harakatlarga barham berish uchun barcha choralarni koʻrish majburiyatini yuklagan edi. Shuningdek, Isroilga Gʻazodagi falastinliklarga qarshi genotsid uyushtirishga chaqirgan barchaga nisbatan bartaraf etish, tiyib turish va jazolash choralarini koʻrishni topshirdi.

Shuningdek, Isroilga Gʻazoda falastinliklarga qarshi Genotsid konventsiyasi talablari buzilgani haqidagi dalillarni yoʻq qilmaslik va saqlab qolish uchun samarali choralar koʻrishni hamda bu choralar haqida sudga hisobot berishni buyurdi. 

Mavzuga aloqador