07.02.2024 07:10

Belʻgiya Isroilga porox eksport qiluvchi zavod litsenziyasini toʻxtatdi

 

Belʻgiya Isroilga porox eksport qiluvchi PB Clermont zavodiga berilgan litsenziyalarni vaqtincha toʻxtatdi. Bunga Xalqaro sudning 27 yanvardagi qarori va Gʻazo sektoridagi gumanitar vaziyat qabul qilib boʻlmaydigan darajada yomonlashgani sabab qilib koʻrsatildi.

Belʻgiyaning frantsuz tilida soʻzlashuvchi Valloniya mintaqasini boshqaradigan hukumat matbuot kotibi Silʻven Yonkere Anadolu agentligiga 2023 yilda Liejdagi PB Clermont porox zavodiga berilgan va 18 oy davomida amal qiladigan litsenziyalar nomaʻʻlum muddatga toʻxtatilganini maʻʻlum qildi.

Yonkere, shuningdek, Valloniya bosh vaziri Elio di Rupo bu boradagi qarori eʻʻlon qilingan xati bilan oʻrtoqlashgan.

Maktubda aytilishicha, 2009 yildan beri Valloniya Isroilning harbiy salohiyatini kuchaytira oladigan uskunalarni eksport qilmagan.

Ushbu zavodda ishlab chiqarilgan porox Isroil armiyasi tomonidan foydalanish uchun emas, balki undan ishlab chiqarilgan oʻq-dorilarni keyinchalik Evropa Ittifoqi (EI) mamlakatlariga, jumladan Belʻgiya va AQShga qayta eksport qilish uchun moʻljallangan.

“Xalqaro sudning 27 yanvardagi qarori va Gʻazo sektoridagi gumanitar vaziyatning qabul qilib boʻlmas darajada yomonlashishi munosabati bilan mavjud litsenziyalar toʻxtatildi”, ‑ deyiladi bosh vazir Di Ruponing maktubida.

Flamanning De Morgen gazetasi 25 yanvarʻ kuni PB Clermont zavodi 2023 yil noyabrʻ oyida Isroilga 16 tonna porox joʻnatgani haqida xabar bergan edi.

Xabarda aytilishicha, Isroilning Zim kompaniyasining kemasi Antverpen portidan chiqib, yukni Gʻazo yaqinidagi Ashdod portiga etkazgan. Mazkur xabar Valloniya hukumatining tanqidlarga uchrashiga sabab boʻldi.

Mavzuga aloqador