08.02.2024 09:27

“Gʻazo ishi”da Isroilni yoqlagan ugandalik sudʻya Xalqaro sud raisi oʻrinbosari boʻldi

Livanlik sudʻya Navaf Salam Xalqaro Sudning yangi raisi, "Gʻazo genotsidi" ishi boʻyicha chiqarilgan barcha qarorlarda Isroilni yoqlab ovoz bergan ugandalik sudʻya Julia Sebutinde esa rais oʻrinbosari etib saylandi.

Livanlik sudʻya Navaf Salam Xalqaro Sudning yangi raisi, "Gʻazo genotsidi" ishi boʻyicha chiqarilgan barcha qarorlarda Isroilni yoqlab ovoz bergan ugandalik sudʻya Julia Sebutinde esa rais oʻrinbosari etib saylandi.

Xalqaro sud sobiq raisi sudʻya Joan Donoxʻyu va sobiq oʻrinbosari rossiyalik Kirill Gevorkyan vakolatlari tugaganidan keyin Xalqaro sud sudʻyalari oʻrtasida yashirin ovoz berish yoʻli bilan yangi rais va uning oʻrinbosari 3 yil muddatga saylandi.

15 sudʻyadan iborat Xalqaro sudning har bir sudʻyasi toʻqqiz yillik muddatga xizmat qiladi. Yozma qoida boʻlmasada, amalda sudʻyalar orasida rais va rais oʻrinbosarlari lavozimlari rotatsiyasi mavjud.

Barcha rezolyutsiyalarda Isroilni yoqlab ovoz bergan

Sudʻya Salam 2018 yilning 6 fevralida Xalqaro sudda oʻz lavozimini egallagan va Xalqaro sudga kirishdan oldin u Livanning BMTdagi elchisi va doimiy vakili boʻlgan.

Sebutinde esa 2012 yil 6 fevralda Sud aʻʻzosi boʻlgan. Xalqaro sudga aʻʻzo boʻlishdan oldin  Serra-Leone uchun maxsus sudda sudʻya boʻlib ishlagan.

Ugandalik sudʻya 26 yanvarʻ kuni Gʻazo sektoridagi «genotsid» boʻyicha Janubiy Afrika tomonidan qoʻzgʻatilgan ish boʻyicha barcha koʻrsatmalarni qabul qilib, Isroilni yoqlab ovoz bergan edi.

Mavzuga aloqador