06.02.2024 08:30

Itochu kompaniyasi Gʻazodagi urush sababli Isroil shirkati bilan hamkorlikni toʻxtatadi

Yaponiyaning Itochu kompaniyasi Gʻazodagi urush sababli Isroilning Elbit mudofaa shirkati bilan harbiy sohadagi hamkorlikni toʻxtatadi. “Itochu oʻtgan oy Xalqaro sud Isroilga falastinliklarga qarshi genotsid harakatlarining oldini olish va tinch aholiga koʻproq yordam berishni topshirganidan keyin hamkorlikni tugatishni rejalashtirmoqda”, ‑ dedi kompaniya moliyaviy direktori.

Yaponiyaning Itochu kompaniyasi fevralʻ oyidan Gʻazodagi urush sababli Isroilning Elbit Systems Ltd mudofaa shirkati bilan harbiy sohadagi hamkorlikni toʻxtatadi. Bu haqda kompaniya moliyaviy direktori Tsuyoshi Xachimura maʻʻlum qildi, deya xabar bermoqda The Economic Times nashri.

“Itochu oʻtgan oy Xalqaro sud Isroilga falastinliklarga qarshi genotsid harakatlarining oldini olish va tinch aholiga koʻproq yordam berishni topshirganidan keyin hamkorlikni tugatishni rejalashtirmoqda”, ‑ dedi u.

“Xalqaro Sudning 26 yanvardagi buyrugʻini va Yaponiya hukumati sudning rolini qoʻllab-quvvatlashini inobatga olib, biz Memorandum bilan bogʻliq yangi faoliyatni allaqachon toʻxtatib qoʻyganmiz va Memorandumni fevralʻ oyi oxirigacha tugatishni rejalashtirmoqdamiz”, - deya qoʻshimcha qildi Tsuyoshi Xachimura.

Itochu Aviation, Elbit Systems va Nippon Aircraft Supply (NAS) 2023 yil mart oyida, urush boshlanishidan etti oy oldin strategik hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandumni imzolagan edi.

Isroil bilan bogʻliq biznesga kelsak, Itochu kichik fintex investitsiyalariga va avtomobilʻ sotish biznesiga ega, ammo u qarzni undirish yoki boshqa muammolar bilan bogʻliq muammolarga duch kelmaydi, dedi Xachimura.

Mavzuga aloqador