Boliviya Rossiyaga kofe donalari, konservalangan ananas, banan, shokolad va boshqa mahsulotlar qatorida lama goʻshtini ham eksport qilishga tayyorligini bildirdi. Moskva muftiysi Ilʻdar Alautdinov "agar hayvonni soʻyish Islom yoki boshqa Ibrohim dinlari qonunlariga muvofiq amalga oshirilsa, musulmonlarga lama goʻshtini isteʻʻmol qilishga ruxsat berilishi"ni maʻʻlum qildi.
“Tolibon” hukumati Rossiyaning bir qancha hududlari, jumladan, Tatariston va Checheniston afgʻonistonlik mehnat muhojirlarini qabul qilishga tayyorligini bildirdi. Afgʻon mehnat muhojirlarini asosan qishloq xoʻjaligi ishlariga jalb qilish rejalashtirilmoqda.
Isroilning asosiy koʻmir etkazib beruvchisi hisoblangan Kolumbiya yahudiy davlatiga qarshi savdo boykotiga qoʻshilishga qaror qildi. Kolumbiyaning ushbu qarori Isroilga elektr energiyasi narxining koʻtarilishiga sababchi boʻlishi mumkin. Ayni vaqtda, Rossiya, Isroilni Xalqaro sudga bergan Janubiy Afrika Respublikasi va Qozogʻiston Kolumbiya koʻmiri oʻrnini qoplashga rozilik bildirgan.
Rossiya poytaxti Moskvada 21 yoshli homilador ayol roʻmol oʻragani uchun 63 yoshli erkak tomonidan temir chiviq bilan kaltaklandi. Ayol zudlik bilan kasalxonaga yotqizilgan, homilasining hayoti xavf ostida qolmoqda. Erkak esa ushlangan.
Qirgʻiziston Rossiyaga Gʻarb sanktsiyalarini chetlab oʻtishda yordam berishdan manfaatdor emas. “Rossiya bizning eng yirik hamkorimiz va shuning uchun biz kichik, rivojlanayotgan davlatimiz uchinchi tomonlar oʻrtasidagi muammolarni hal qilish talab qilinadigan vaziyatga tushib qolishni istamaymiz”, dedi Vazirlar Mahkamasi rahbari oʻrinbosari Edil Baysalov.
Rossiya boʻylab migrantlarga qarshi ommaviy reydlar boshlandi. Hibsga olinganlarning aksariyati Afgʻonistondan kelgan muhojirlar, ammo ular orasida Kongo, Efiopiya, Oʻzbekiston va Ukrainadan kelganlar ham bor. Taʻʻkidlanishicha, bu Rossiya Tergov qoʻmitasi rahbari Aleksandr Bastrikinning yaqinda qilgan bayonoti bilan bogʻliq.
Rossiya Davlat Dumasi vitse-spikeri Pyotr Tolstoyning Olmaota shahrini “Rossiya zamini” deb ataganiga Qozogʻiston tomoni javob qaytardi. “Biz Qozogʻiston-Rossiya doʻstligining bunday masʻʻuliyatsiz bayonotlar tufayli izdan chiqishini istamaymiz”, — dedi deputat Abenov.
Davlat Dumasi deputatlari yaqin orada yuzni berkituvchi kiyim, jumladan, niqobni taqiqlash borasidagi qonun loyihasiga ovoz berishadi. Deputatlarning fikricha, niqob taqish jamoat joylarida kuzatuv kameralaridan odamning yuzini aniqlashni qiyinlashtiradi.
Oʻzbekiston va Rossiya delegatsiyalari oʻrtasida 27 ta hujjat, jumladan, kichik atom stantsiyalari qurish, Moskva texnika universiteti va Butunrossiya tashqi savdo akademiyasi filiallarini ochish boʻyicha shartnomalar imzolandi. Ikki davlat rahbarlari oʻzaro hisob-kitoblarda milliy valyutalarga oʻtish siyosatini tasdiqladilar.
Yozda Jizzax viloyatida Rossiya loyihasi boʻyicha kam quvvatli (330 MVt) AES qurilishi boshlanadi. «Rosatom» uchun bu shu turdagi stantsiya qurish boʻyicha birinchi eksport shartnomasi hisoblanadi. «Tanlangan maydon allaqachon tekshirilgan, yaroqliligi va xavfsizligi tasdiqlangan», — deyiladi rasmiy xabarda.