AQShning Arktika hisobiga dengiz hududlarini kengaytirmoqchi
AQShning Arktika hisobiga dengiz hududlarini kengaytirmoqchiligi Rossiya va Xitoy xavotirlarini kuchaytirdi.
Yangi
avlod texnologiyalari orqali boy dengiz tubi resurslariga boʻlgan huquqlarni
taʻʻminlash maqsadida AQSh oʻzining kontinental shelfini Kaliforniyadan ikki baravar
kattaroq hududga kengaytirmoqchi.
Davlat
departamenti oʻtgan hafta taxminan 1 mln kv km maydonni qamrab olgan kontinental
shelfning kengaytirilgan chegaralarini aniqlash uchun yangi geografik
koordinatalarni eʻʻlon qildi.
AQSh xalqaro
huquqqa muvofiq sohildan 200 dengil mili (370 km) masofagacha kengayadigan kontinental
shelfi usti va ostidagi resurslar, hayotiy yashash joylarini himoya qilish va boshqarishga
haqli ekanini iddao qildi.
Qayd
etilishicha, mazkur kengayish Arktika, jumladan, Qutb doirasi hamda Rossiyaning
Sharqiy Sibirʻ hududlari va AQShning Alyaska shtati oʻrtasidagi Bering dengizini
Xitoyning Janubiy Xitoy dengizidagi daʻʻvolariga oʻxshash yangi keskinlik va mojaro
maydoniga aylantirishi mumkin.
Alyaskaning
sobiq vitse-gubernatori va AQSh Arktika tadqiqotlari komissiyasining sobiq raisi Mead
Tredvellning taʻʻkidlashicha, oʻnlab yillar davomida olib borilgan ilmiy
tadqiqotlar, koʻplab muz parchalash missiyalari va dengiz tubining batafsil
xaritasi AQSh daʻʻvolarini asoslashga yordam berdi.
Tredvell
yangi nazorat ostidagi hudud kengligini "ikkita Kaliforniya"ga qiyoslab,
"Amerika hozir kechagidan kattaroq", dedi.
AQShning
qitʻʻa shelfini kengaytirish haqidagi eʻʻloni Rossiyani xavotirga solib, ikki davlat
oʻrtasida hududiy nizo yuzaga kelishi ehtimolini oshirdi. Moskva bu borada rasmiy
bayonot bermagan boʻlsa-da, ushbu harakat mamlakatlar oʻrtasidagi er bahsiga
aylanib ketishi mumkinligidan xavotirlar bor.
Rossiya
parlamentining yuqori palatasi – Rossiya Federatsiya Kengashining Xalqaro ishlar
qoʻmitasi aʻʻzosi Grigoriy Karasin Sputnik muxbiriga AQSh kontinental shelʻfining
bir tomonlama kengayishi “qabul qilib boʻlmaydigan” ekanligini aytdi.
Muzlar
erishi tufayli yaqin kelajakda yuzaga keladigan transport va raqobat muhitida erta
oʻrin egallashga intilayotgan Xitoy ham mintaqada zarur infratuzilmani qurishni
rejalashtirmoqda va shunga mos ravishda faoliyatini kengaytirmoqda.
Arktikada
koʻproq rolʻ oʻynashga intilayotgan Xitoy oʻzini "Shimoliy qutbga yaqin
davlat" deb ataydi va Shimoliy qutbni barcha mamlakatlar uchun umumiy yashash
joyi deb hisoblaydi.