04.01.2024 08:41

Ukraina va Rossiya oʻzaro asir almashdi

248 asir Rossiyaga, 230 asir esa Ukrainaga qaytdi. Rossiya ushbu asir almashinuvida BAAning insonparvarlik rolini eʻʻtirof etdi.

Ukraina 200 dan ortiq ukrainalik harbiylar va tinch aholini Rossiya asirligidan qaytardi. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy maʻʻlum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, ular - askarlar, serjantlar, ofitserlar – Ukraina Qurolli kuchlari, Milliy gvardiya, Harbiy-dengiz floti, chegarachilar harbiylari. Ulardan baʻʻzilari Mariupol va Azovstaldagi janglarda qatnashgan.

Ukraina 230 nafar ukrainalik harbiy va tinch aholini asirlikdan uyiga qaytardi - bu barcha almashinuvlarning eng kattasi, deya xabar qildi Ukraina harbiy asirlar bilan muomala qilish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi shtab.

Xabarga koʻra, qaytarilganlar orasida Xalqaro Qizil Xoch qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan rasmiy harbiy asir maqomiga ega boʻlganlar (182 kishi), bedarak yoʻqolgan deb topilgan va «qidiruvdagi shaxs» maqomiga ega boʻlgan Ukraina harbiylari (48) ham bor.

Ukraina Ombudsmani Dmitriy Lubinetsning taʻʻkidlashicha, 230 nafar ukrainalik mahbus "allaqachon uylarida".

Rossiya Mudofaa vazirligi esa Rossiya Qurolli kuchlarining 248 nafar harbiy xizmatchisi Ukraina asirligidan qaytganini maʻʻlum qildi.

Vazirlik ushbu asir almashinuvi "BAAning gumanitar xarakterdagi vositachilik ishtiroki tufayli amalga oshganini qayd etdi.

Mudofaa vazirligi, shuningdek, harbiy xizmatchilar Rossiya Aerokosmik kuchlarining harbiy-transport samolyotlarida davolash va reabilitatsiya qilish uchun vazirlik tibbiyot muassasalariga etkazilishini qoʻshimcha qildi.

Mavzuga aloqador