29.12.2023 11:55

Germaniya Rossiyaning 4,1 mlrd evrolik aktivlarini muzlatib qoʻydi

Gap rossiyalik jismoniy shaxslarning pullari va mol-mulkini, shuningdek, Rossiya banki aktivlarini muzlatdi.

Dekabrʻ oyi boshida Germaniya Evropa Ittifoqi sanktsiyalari rejimi doirasida Rossiyaning taxminan 4,1 mlrd evrolik aktivlarini muzlatib qoʻydi. Bu haqda Germaniya moliya vazirligi vakili maʻʻlum qildi, deya xabar berdi Anadolu.

"Bu muzlatilgan aktivlar jismoniy shaxslarning iqtisodiy resurslari, shuningdek, Rossiya Markaziy bankining sanktsiyalarga duchor boʻlgan barcha aktivlarini oʻz ichiga oladi", - deyiladi xabarda.

Avvalroq Germaniya Bosh prokuraturasi Rossiyaning Frankfurtdagi banklaridan birining 720 mln evrolik aktivlarini musodara qilish boʻyicha sudga soʻrov yuborgan edi.

RF Tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarova ushbu masalani sharhlar ekan, Rossiyaga tegishli xorijiy banklardagi aktivlarini muzlatish noqonuniy ekanini va uni ochiqdan-ochiq oʻgʻirlik deb hisoblash mumkinligini taʻʻkidladi.

Mavzuga aloqador