03.01.2024 19:29

Qozogʻistonda Rossiyaning ayrim telekanallari efiri toʻxtatildi

 

Qozogʻistondagi pullik sunʻʻiy yoʻldosh va internet televideniesi operatori TVCOM Rossiyaning bir qator telekanallarini efir jadvalidan chiqarib tashladi, deya xabar qildi RIA Novosti operatorga tayanib.

“Informatsion kun tartibidagi kanallar sonini kamaytirish doirasida "PKVS Kazaxstan" kompaniyasi oilasi telekanallarini sunʻʻiy yoʻldosh televideniesi va Internet TV efirlar tarmogʻidan chiqarib tashlashga qaror qilindi. "Pervyy kanal SNG", "Poexali", "Vremya: dalekoe i blizkoe", "Dom kino", "Telekafe", "Dom kino Premium", "Muzyka Pervogo", "Pobeda", "Karuselʻ", "Bober", "O!" telekanallari efiri toʻxtatiladi”, - deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, yangiliklarni uzatuvchi xorijiy kanallar ulushini bosqichma-bosqich qisqartirish, ularni koʻngilochar, kino va maʻʻrifiy xarakterga ega, jumladan, Qozogʻiston telekanallari bilan almashtirish rejalashtirilmoqda.

 

Mavzuga aloqador