27.12.2023 16:47

Rossiya taktik yadro qurollarini Belorussiyaga etkazib berishni yakunladi - Aleksandr Lukashenko

Rossiya oʻz taktik yadro qurollarini Evropaning biqini – Belarusga joylashtirishni yakunladi.

Belorussiya prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiya oʻzining taktik yadro qurollarini mamlakat hududiga etkazib berishni yakunlaganini maʻʻlum qildi.

Gap qoʻshni Polʻsha va butun mintaqada jiddiy xavotirlarni uygʻotgan tashabbus haqida bormoqda.

Lukashenko bu haqda Sank-Peterburgda Evroosiyo iqtisodiq ittifoqi yigʻilishida maʻʻlum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, qurollarni etkazib berish oktyabrʻ oyidayoq yakuniga etgan. U qancha miqdorda qurol etkazilgani va ular qaerga joylashtirilganini maʻʻlum qilgani yoʻq.

Uning soʻzlariga koʻra, harbiylar har kuni mashgʻulotlar oʻtkazmoqda. "Biz har kuni, har kuni oʻrganamiz. Hatto biz bilan qolgan sobiq vagnerchilar ham bugun boʻlinmalarimizda ishlamoqda va tajribalarini oʻrtoqlashmoqda", - dedi Belarus rahbari.

Taktik yadro qurollari jang maydonida foydalanish uchun moʻljallangan. U uzoq masofali raketalarda qoʻllaniladigan kuchliroq yadro kallaklariga nisbatan qisqa masofaga uchadi va past rentabellikka ega.

Rossiya Belarusga yuborayotgan qurol-yarogʻ ustidan nazoratni oʻzida saqlab qolganini bildirdi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mart oyida Belarusda taktik yadro qurollarini joylashtirishni eʻʻlon qilgan edi. Putin, shuningdek, Belarusga ilgari etkazib bergan yuqori aniqlikdagi «Iskandar» raketa sistemalari ushbu qurol bilan jihozlanishini aytdi.

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Belarus mudofaa vaziri Viktor Hrenin may oyida “Rossiyaning strategik boʻlmagan yadroviy qurollarini Belarusdagi omborxonada saqlash jarayoni”ga oid hujjatlarni imzolagandi.

Mavzuga aloqador