Rossiya Ukrainaga turli havo hujumi vositalaridan «kuchli» zarbalar bergani aytilmoqda.

Juman kuni ertalabdan Rossiya kuchlari Ukrainaga yirik raketa hujumini boshladi. Mamlakatning koʻplab viloyat va shaharlarida, jumladan, Kiev, Lʻvov, Xarʻkov, Odessa va Dneprda portlashlar sodir boʻldi.

Ukraina politsiyasi ommaviy zarbalar natijasida kamida 12 kishi halok boʻlgani va 76 kishi yaralangani haqida xabar berdi, biroq qidiruv-qutqaruv ishlari hamon davom etmoqda.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy hujumni izohlar ekan, dushman tomonidan eng kamida 110 ta raketa uchirilganini bildirdi.

“Tugʻruqxona, taʻʻlim muassasalari, savdo markazi, koʻp qavatli uylar va xususiy uylar, savdo ombori, avtoturargoh. Kiev, Lʻvov, Odessa, Dnepr, Xarʻkov, Zaporojʻe va boshqa shaharlar. Bugun Rossiya oʻz arsenalidagi deyarli hamma narsa bilan zarba berdi.

U hujumlar uchun albatta javob berilishini maʻʻlum yildi. "Rossiya terrori magʻlub boʻlishi kerak - va bu aynan shunday boʻladi", - dedi u.

Ukraina Qurolli kuchlari Harbiy-havo kuchlari qoʻmondonligi spikeri Yuriy Ignat ruslar havo hujumining turli vositalaridan foydalanib, Ukrainaning butun hududi boʻylab kuchli zarbalar berganini aytdi.

"Deyarli hamma narsa uchirildi. Koʻrinishidan, «Kalibr»lar yoʻq edi, lekin «Kinjal», S-300 ballistikasi va qanotli raketalarni koʻrdik... «Shahed»lardan ham foydalanilganiga guvoh boʻldik. Ular ham janubi-sharqiy yoʻnalish boʻylab uchib oʻtdi", - dedi u.

Rossiya Ukraina shaharlariga qilingan raketa hujumiga hozircha izoh bermadi.

 

Mavzuga aloqador