06.06.2024 14:46

Qozogʻiston AES qurilishiga 10-12 mlrd dollar sarflamoqchi

Qozogʻistonda xalq referendumida AES qurilishi maʻʻqullansa, ushbu loyihaga davlat byudjetidan 10-12 mlrd dollar ajratish rejalashtirmoqda. Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Toʻqaev 2023 yilning sentyabrʻ oyida AES qurish masalasini umumxalq referendumiga qoʻyishni taklif qilgan edi. AESning 20235 yilgacha foydalanishga topshirilishi aytilmoqda.

Qozogʻiston, agar AES qurish masalasi milliy referendumda maʻʻqullansa, inshoot qurilishiga 10-12 milliard dollar sarflashni kutmoqda. Bu haqda “Muqobil energiya manbalaridan foydalanish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi boʻyicha maslahat hujjatida aytiladi, deb xabar beradi inbusiness.kz.

Normativ-huquqiy hujjatlar maʻʻlumotlar bazasida eʻʻlon qilingan hujjatga koʻra, referendumda maʻʻqullansa, respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan 2035 yilgacha atom elektr stantsiyasini qurish rejalashtirilgan.

Hujjat chorshanba kuni eʻʻlon qilingan va 27 iyulgacha jamoatchilik muhokamasi bosqichida boʻladi.

Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Toʻqaev 2023 yilning sentyabrʻ oyida AES qurish masalasini umumxalq referendumiga qoʻyishni taklif qilgan edi. Mamlakat energetika vaziri oʻrinbosari Sungat Esimxanov 6 iyunʻ kuni Senat majlisida referendum muddati kuz oylarida eʻʻlon qilinishi mumkinligini maʻʻlum qildi. Agarda referendumda ushbu masala maʻʻqullansa, AES 2035 yilgacha foydalanishga topshirilishi aytilmoqda.

Avvalroq oʻtkazilgan tadqiqotlar natijalariga koʻra, AES qurish uchun eng maqbul hudud sifatida Olmaota viloyatidagi Ulken qishlogʻi hududi tanlab olingan. Stantsiyani sovutish uchun Balxash koʻli suvidan foydalaniladi.

Maʻʻlumot uchun, Qozogʻistonda 1973-1999 yillar oraligʻida Aktau shahrida 350 MVt quvvatga ega AES faoliyat koʻrsatgan. MAGATE maʻʻlumotlariga koʻra, mamlakatdagi uran zaxiralari 900 ming tonnaga baholanganiga qaramasdan, ayni paytda atom energiyasidan foydalanilmaydi.

Mavzuga aloqador