Qozogʻistonliklarning LGBT targʻibotiga qarshi petitsiyasi koʻrib chiqish uchun qabul qilindi
Qozogʻistonda yashirin va oshkora LGBT targʻibotini taqiqlash boʻyicha petitsiya (xalq murojaati) zarur boʻlgan 50 ming ovozni toʻplab, hukumat tomonidan rasman koʻrib chiqishga qabul qilindi. Murojaat Qozogʻiston ota-onalar ittifoqi rahbari Bagila Baltabaeva tomonidan ilgari surildi.
Qozogʻiston
Madaniyat va axborot vazirligi LGBT targʻibotiga qarshi xalq petitsiyasini koʻrib
chiqish uchun qabul qildi.
«E-Petition.kz»
rasmiy portalida eʻʻlon qilingan “Biz Qozogʻiston Respublikasida ochiq va yashirin
LGBT tashviqotiga qarshimiz!” petitsiyasi rasmiy koʻrib chiqish uchun kerakli
miqdordagi imzolarni toʻpladi. Qozogʻiston Respublikasi “Maʻʻmuriy protsedura-protsessual kodeksining
90-4-moddasiga koʻra, 50 ming imzo toʻplash chegarasiga etgandan soʻng, Qozogʻiston
Respublikasi Madaniyat va axborot vazirligi petitsiyani koʻrib chiqish uchun qabul
qildi. Qozogʻiston Respublikasi Arbitraj protsessual kodeksining 90-5-moddasiga
muvofiq, arizani koʻrib chiqish muddati u roʻyxatga olingan kundan boshlab 40 ish
kunigachani tashkil etadi”, -
deyiladi vazirlik xabarida.
Vazirlikning
qoʻshimcha qilishicha, mazkur masalada manfaatdor tomonlar, davlat organlari
va jamoat birlashmalari vakillaridan iborat maxsus ishchi guruh ishini tashkil etadi.
Xalq murojaati muallifi Qozogʻiston
ota-onalar ittifoqi rahbari Bagila Baltabaeva edi.
Qozogʻistonda
LGBT targʻibotini taqiqlashni koʻzda tutuvchi qonun talablari mavjud emas. Shunday
boʻlishiga qaramasdan, joriy yilning fevralʻ oyida Axborot vazirligi LGBT+
oʻsmirlar saytini “Internet-resursda bolalar salomatligi va rivojlanishiga zarar
etkazuvchi maʻʻlumotlarni joylashtirish bilan bogʻliq qonun buzilishi aniqlangani” vaji
bilan blokladi. Mart oyida Olmaota maʻʻmuriyati «Feminita» harakatining har yili
8 mart kuni oʻtkaziladigan marshini oʻtkazishini marshdagi “bir jinsli munosabatlar,
nikohlar, LGBT ramzlari”ni targʻib qilgani uchun taqiqladi.