11.06.2024 10:07

Kolumbiyadan koʻmir boykoti: Isroilda elektr narxi oshishi kutilmoqda

Isroilning asosiy koʻmir etkazib beruvchisi hisoblangan Kolumbiya yahudiy davlatiga qarshi savdo boykotiga qoʻshilishga qaror qildi. Kolumbiyaning ushbu qarori Isroilga elektr energiyasi narxining koʻtarilishiga sababchi boʻlishi mumkin. Ayni vaqtda, Rossiya, Isroilni Xalqaro sudga bergan Janubiy Afrika Respublikasi va Qozogʻiston Kolumbiya koʻmiri oʻrnini qoplashga rozilik bildirgan.

Isroilning asosiy koʻmir etkazib beruvchisi boʻlgan Kolumbiya yahudiy davlatiga qarshi savdo boykotiga qoʻshilishini eʻʻlon qildi. Kolumbiya prezidenti Petro xalqaro sudning HAMASga qarshi jangovar harakatlarni toʻxtatish haqidagi talablari qondirilguniga qadar Isroilga koʻmir etkazib berishga embargo joriy etilishini maʻʻlum qildi.

Ynet maʻʻlumotlariga koʻra, Isroilda ishlab chiqarilgan umumiy elektr energiyasining 26 foizgachasi koʻmirdan olinadi.

“Boshqa qimmatroq muqobillarini izlashni talab qiluvchi xavotirli qaror, shuningdek, yaqin vaqtlarda uglerod tashlanmalari uchun soliq miqdorini oshirish rejasi Isroilda elektr energiyasi narxining koʻtarilishiga sababchi boʻlishi mumkin”, - deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, Isroil hukumati koʻmir sotishni soʻrab toʻrt mamlakatga murojaat qilgan va ijobiy javob olgan. Ulardan biri Isroilni Gʻazodagi genotsidda ayblab Xalqaro sudga bergan Janubiy Afrika Respublikasi. Shuningdek, Avstraliya, Rossiya va Qozogʻiston ham koʻmir sotishni maʻʻqullagan. Ayni paytda Rossiya va Qozogʻiston Isroilga kam miqdorda boʻlsa ham koʻmir sotib kelmoqda.

Kolumbiyaning oʻzida xususiy biznes siyosatni iqtisod bilan aralashtirish investorlar ishonchiga putur etkazadi va jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin, deb hisoblab, prezident qaroridan xavotir bildirgan.

Mavzuga aloqador