Qirg'iziston
-
Islom taraqqiyot banki “Shariat meʻʻyorlari boʻyicha arzon uy-joylarni moliyalashtirish” loyihasi doirasida Qirgʻizistonga 79 million dollar ajratadi. Qirgʻiz hukumati loyiha tufayli minglab oilalar arzon uy-joylar bilan taʻʻminlanishini maʻʻlum qildi.
-
Qirgʻiziston Ozarbayjonning Armaniston ishgʻolidan ozod qilingan Agdam tumani Xidirli qishlogʻida oʻz hisobidan maktab quradi. Sadir Japarov va Ilhom Aliev birgalikda ushbu maktabning tamal toshini qoʻydi. Davlat rahbarlari Agdam shahrining qayta tiklangan tarixiy Juma masjidining ochilish marosimida ham ishtirok etishdi.
-
Qirgʻiziston Raqamli rivojlanish vazirligi Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi xati asosida mamlakatda TikTok ijtimoiy tarmogʻiga kirish cheklanishini maʻʻlum qildi.
-
"Soros" xalqaro jamgʻarmasining butun Markaziy Osiyo boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtiruvchi "Soros-Qirgʻiziston" jamgʻarmasi xorijiy agentlar toʻgʻrisidagi qonun qabul qilinishi munosabati bilan respublikadagi faoliyatini toʻxtatmoqda.
-
Qirgʻiziston Rossiya IIV rasmiy vakilining rus politsiyasi Moskvada qirgʻiz diplomati uyiga bostirib kirganini rad etgan bayonotiga norozilik bildirdi. Qirgʻiz tomoni politsiyachilar koʻkrak kameralari yozuvlari hamda Rossiya TIVga taqdim etilgan fotosuratlarni tezkorlik va xolislik bilan oʻrgangan holda xizmat tekshiruvi oʻtkazilishini soʻradi.
-
Rossiya IIVning ikki xodimi Moskvada Qirgʻiziston elchixonasi maslahatchisining uyiga eshikni buzib kirdi. Ular diplomatik pasport va kartalar taqdim etilganiga qaramasdan, migratsiya roʻyxatidan oʻtganlik haqidagi hujjatlarni taqdim etishni tajovuzkorona tarzda talab qilgan. Qirgʻiziston TIV norozilik bildirdi.
-
Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov mart voqealarining 19 yilligi munosabati bilan qirgʻiz xalqiga murojaat yoʻlladi. U 2005 yil 24 martda qirgʻiz xalqi shaxsiy manfaatni xalq manfaatidan ustun qoʻyganlarni jazolash orqali tarixiy burilish yasaganini taʻʻkidladi.
-
4 mart, dushanba kuni Qirgʻizistonda 6, Qozogʻistonda 6,1 magnitudali zilzila sodir boʻldi. Qurbonlar, vayronagarchiliklar va jarohatlar haqida hozircha maʻʻlumotlar yoʻq.
-
Qirgʻiziston uran va toriy konlarini qidirish va oʻzlashtirishga qoʻyilgan taqiqni bekor qilishni taklif qilmoqda. Taqiq 2019 yil dekabrida “uran mojarosi”dan keyin joriy qilingan edi.
-
Qirgʻiziston bosh vaziri Akilbek Japarov ajrashgan ayollarga ijtimoiy tarmoqlarda sobiq eri va uning oilasi haqida salbiy chiqishlar qilishni taqiqlash taklifini ilgari surdi. U oʻz taklifini bunday chiqishlar qirgʻiz xalqi anʻʻana va qadriyatlariga zidligi bilan izohladi.