29.02.2024 04:31

Qirgʻiziston uran va toriy konlarini oʻzlashtirishga taqiqni bekor qilmoqchi

Qirgʻiziston uran va toriy konlarini qidirish va oʻzlashtirishga qoʻyilgan taqiqni bekor qilishni taklif qilmoqda. Taqiq 2019 yil dekabrida “uran mojarosi”dan keyin joriy qilingan edi.

Qirgʻiziston Tabiiy resurslar, ekologiya va texnik nazorat vazirligi uran va toriy konlarini tadqiq qilish, qidirish va oʻzlashtirishga qoʻyilgan taqiqni bekor qilish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasi uchun eʻʻlon qildi.

Qonun loyihasi uchun masʻʻul Atrof-muhitni muhofaza qilish va oʻrmon xoʻjaligi davlat agentligining taʻʻkidlashicha, mazkur taqiq xalqaro va milliy inqirozli vaziyatlarning mamlakat iqtisodiyoti va umumiy rivojlanishiga salbiy oqibatlarini yanada kuchaytirgan.

“2020–2023 yillardagi voqealarning ogʻir iqtisodiy oqibatlarini hisobga olib, Qirgʻiziston iqtisodiyoti zudlik bilan boshqa daromad manbalariga muhtoj”, — taʻʻkidlaydi qonun loyihasi mualliflari.

Qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasi portaliga joylashtirilishidan oldin mamlakat prezidenti Sadir Japarov intervʻyu berib, uran masalasida “vahimaga tushmaslikka” chaqirgandi.

“Ikkinchi Qumtor (Qirgʻizistondagi oltin koni) ochildi, deb aytishimiz mumkin. U erda 10 ga yaqin kon mavjud. Birgina kondan 2 milliard dollardan ortiq sof foyda olamiz. Oʻtgan yili «Qumtor»ning sof foydasi 300 million dollardan oshdi, kompaniya 30 milliard somga yaqin soliq toʻlagan. Agar bu soha ishlay boshlasa, xalq va davlat uchun ham foyda boʻladi”, - deya tushuntirdi Qirgʻiziston rahbari.

Prezident titanomagnetit tarkibidagi uran miqdori minimal va xavf tugʻdirmasligini taʻʻkidladi. Shuningdek, u boyitilgan uranga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlish hamda qazib olingandan soʻng uchastkaning meliorativ holatini rejalashtirish zarurligini taʻʻkidladi.

Uran va toriy konlarini oʻzlashtirishni taqiqlovchi qonun 2019 yil dekabrida Tosh-Buloq konida uran qazib olishga qarshi petitsiya va mitinglar bilan bogʻliq “uran mojarosi”dan soʻng kiritilgan edi. Hukumat bu sohadagi ishlarni toʻxtatdi, keyin esa parlament oʻzlashtirish ishlarini toʻliq taqiqladi.

Mavzuga aloqador