Rus militsiyasi Moskvada qirgʻiz diplomatining uyiga bostirib kirdi
Rossiya IIVning ikki xodimi Moskvada Qirgʻiziston elchixonasi maslahatchisining uyiga eshikni buzib kirdi. Ular diplomatik pasport va kartalar taqdim etilganiga qaramasdan, migratsiya roʻyxatidan oʻtganlik haqidagi hujjatlarni taqdim etishni tajovuzkorona tarzda talab qilgan. Qirgʻiziston TIV norozilik bildirdi.
Rossiya
Ichki ishlar vazirligining ikki xodimi Qirgʻiziston elchixonasi maslahatchisi Manas
Joʻldoshbekovning Moskvadagi xonadoniga uning mamlakatda boʻlishi qonuniyligini
tekshirish uchun bostirib kirdi.
Rossiya telegram-kanallaridagi xabarlarga koʻra, voqea 8
aprelʻ kuni sodir boʻlgan. Politsiya
qirgʻiz diplomati xonadonining qulfini buzib, kirish eshigiga shikast etkazgan, soʻngra qoʻpollik
bilan migratsiya qaydnomasi varaqasining echib olinadigan qismini koʻrsatishni talab
qilgan.
Diplomat va uning oila aʻʻzolari diplomatik pasport va
diplomatik kartalarni taqdim etganidan keyin ham politsiya xodimlari migratsiya
roʻyxatidan oʻtganlik haqidagi hujjatlarni taqdim etishni tajovuzkorona tarzda talab qilishda
davom etishdi.
Bu maʻʻlumotni keyinroq Qirgʻiziston parlamenti deputati
Dastan Bekeshev ham tasdiqladi. Qirgʻiziston Tashqi ishlar vazirligi Rossiya
politsiyasining harakatlarini nomaqbul deb atadi va chuqur tergov oʻtkazilishini
talab qildi.
“Xudoga shukur, hech kim jabrlanmadi, biroq voqea yuz berdi.
Agar ular elchixona xodimlariga shunday qilishsa, immunitetga ega boʻlmagan
fuqarolarga nima qilishlarini tasavvur ham qila olmayman. Rossiya politsiyasi
aqldan ozganga oʻxshaydi”, — dedi Bekeshev.
Qirgʻiziston Tashqi ishlar vazirligi Rossiya politsiyasining
harakatlarini nomaqbul deb atadi va chuqur tergov oʻtkazilishini talab qildi.
“Rossiya Federatsiyasi huquq-tartibot idoralari tomonidan
Qirgʻiziston Respublikasi diplomatik vakolatxonasining akkreditatsiyadan oʻtgan
xodimlariga nisbatan bunday xatti-harakatlarga yoʻl qoʻyib boʻlmaydi va sinchkovlik
bilan tergov oʻtkazish hamda
aybdorlarni imkon qadar tezroq javobgarlikka tortishni talab qiladi”, — deyiladi
TIV xabarida.
12 aprelʻ kuni Qirgʻiziston TIV konsullik boshqarmasida Rossiya
elchixonasi konsul maslahatchisi Andrey Burev bilan voqea yuzasidan uchrashuv boʻlib
oʻtdi.
Uchrashuvda Qirgʻiziston tomoni Rossiya IIV xodimlari 1961 yilgi Diplomatik munosabatlar toʻgʻrisidagi
Vena konventsiyasi qoidalarini qoʻpol ravishda buzganini alohida taʻʻkidladi.
Konsul Andrey Burevoy ushbu faktdan afsusda ekanligini va
Rossiya TIV Qirgʻiziston tomonidan rasmiy nota olganini, shu asosda hozirda
tekshiruv oʻtkazilayotganini, uning natijalariga koʻra Qirgʻiziston tomoniga xabar
berilishini aytdi.