Islom taraqqiyot banki Qirgʻizistonga arzon uy-joy qurish uchun 79 million dollar ajratadi
Islom taraqqiyot banki “Shariat meʻʻyorlari boʻyicha arzon uy-joylarni moliyalashtirish” loyihasi doirasida Qirgʻizistonga 79 million dollar ajratadi. Qirgʻiz hukumati loyiha tufayli minglab oilalar arzon uy-joylar bilan taʻʻminlanishini maʻʻlum qildi.
Islom
taraqqiyot banki Qirgʻizistonga ijtimoiy uy-joy qurilishi uchun 79 million dollar
ajratadi, deya xabar bermoqda Yeni Şafak nashri.
“Shariat
meʻʻyorlari boʻyicha arzon uy-joylarni moliyalashtirish” loyihasi boʻyicha tegishli
kelishuvni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida Qirgʻiziston Vazirlar
Mahkamasi raisining birinchi oʻrinbosari Adilbek Qasimaliev va Islom taraqqiyot
banki prezidenti Muhammad Sulaymon Al-Jassir imzoladi.
Adilbek Qasimaliev
moliyalashtiriladigan loyiha tufayli minglab oilalar ijtimoiy uy-joy bilan
taʻʻminlanishini taʻʻkidladi.
“Bugungi
kunga qadar bank tomonidan umumiy qiymati 500 million dollardan ortiq boʻlgan 27
ta loyiha amalga oshirilgan, ayni paytda umumiy qiymati 200 million dollardan
ortiq boʻlgan loyihalar amalga oshirish bosqichida”, — deyiladi Vazirlar Mahkamasi
axborotida.
Qasimaliev,
shuningdek, ITB rahbariyatini Qirgʻiziston tomonidan tashkil etiladigan va iyunʻ oyi
boshida Venada (Avstriya) gidroelektr stantsiyalari qurilishi uchun moliyaviy
resurslarni jalb qilish uchun oʻtkaziladigan Xalqaro energetika investitsiya
forumida ishtirok etishga taklif qildi.