28.02.2024 01:29

Qirgʻiz ayollariga sobiq eri va qaynotalari haqida yomon gapirish taqiqlanishi mumkin

Qirgʻiziston bosh vaziri Akilbek Japarov ajrashgan ayollarga ijtimoiy tarmoqlarda sobiq eri va uning oilasi haqida salbiy chiqishlar qilishni taqiqlash taklifini ilgari surdi. U oʻz taklifini bunday chiqishlar qirgʻiz xalqi anʻʻana va qadriyatlariga zidligi bilan izohladi.

Qirgʻizistonda ajrashgan ayollarga ijtimoiy tarmoqlarda sobiq eri va uning oilasi haqida salbiy chiqishlarni qilish taqiqlanishi mumkin. Bu haqda 24kg xabar bermoqda.

Mazkur tashabbusni Vazirlar Mahkamasi rahbari Akilbek Japarov ilgari surgan. U oʻzining oʻrinbosari Edil Baysalovga ijtimoiy tarmoqlarda paydo boʻlayotgan chiqishlarni monitoring qilishni boshlashni topshirdi.

Japarovning fikricha, ajrashgan ayollar eri va uning ota-onasi haqida yomon fikr bildirmasligi kerak, hatto ular haqiqatan ham kelinlariga noloyiq munosabatda boʻlgan boʻlsalar ham.

“Biz anʻʻana va urf-odatlarimizga zid boʻlgan maʻʻlumotlarning tarqalishini cheklashimiz kerak. Baʻʻzi kelinlar oʻz otasini maqtasa-da, ayni paytda qaynota va qaynonasini kamsitadi. Ajrashganda esa ijtimoiy tarmoqlarga oʻz fikrlarini yozib qoʻyadi”, — dedi Japarov.

Nashrning qayd etishicha, ayrim erkaklarning sobiq rafiqalari haqida bildirayotgan salbiy fikri amaldorni bezovta qilmagan va u bunday chiqishlarni cheklamoqchi emas.

Maʻʻlum uchun, Qirgʻiziston IIV maʻʻlumotlariga koʻra, mamlakatda 2023 yilda 13,1 ming oiladagi zoʻravonlik holatlari rasman qayd etilgan, qurbonlarning 95 foizi ayollardir.

Mavzuga aloqador