04.03.2024 11:45

Qirgʻiziston va Qozogʻistonda kuchli zilzilalar sodir boʻldi

4 mart, dushanba kuni Qirgʻizistonda 6, Qozogʻistonda 6,1 magnitudagi zilzilalar sodir boʻldi. Qurbonlar, vayronagarchiliklar va jarohatlar haqida hozircha maʻʻlumotlar yoʻq.

4 mart, dushanba kuni Qirgʻizistonda 6 magnitudali zilzila sodir boʻldi. Bu haqda Qirgʻiziston Milliy fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti xabar bermoqda.

Er silkinishlari mahalliy vaqt bilan 12:22 da qayd etilgan.

Zilzila manbai Choʻlpon-Ota shahridan 35 km shimoli-gʻarbda, Olmaotadan 40 km janubda, Bishkekdan 190 km shimolda joylashgan.

Qozogʻiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi maʻʻlumotlariga koʻra, 4 mart kuni Olmaotadan 31 km janubda 6,1 magnitudali zilzila sodir boʻlgan.

Er silkinishlari mahalliy vaqt bilan 11:22 da qayd etilgan. Olmaotada 5 magnitudali zilzila sezildi.

Qurbonlar, vayronagarchilik va jarohatlar haqida hozircha maʻʻlumot yoʻq.

Mavzuga aloqador