Shinjon-Uygʻur avtonom rayoni Xalq hukumati raisi Oʻzbekistonga tashrif buyurdi
Shinjon-Uygʻur avtonom rayoni Xalq hukumati raisi Erkin Tuniyaz Oʻzbekistonga tashrif buyurib, prezident Shavkat Mirziyoev va bosh vazir Abdulla Aripov bilan uchrashdi. Uchrashuvlarda Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi savdoning 10 foizi ShUAR hissasiga toʻgʻri kelishi, ushbu hudud bilan hamkorlikdagi investitsiya loyihalari portfeli 3,5 mlrd dollarni tashkil etishi maʻʻlum qilindi.
Oʻzbekiston
prezidenti Shavkat Mirziyoev 28 mart kuni Xitoyning Shinjon-Uygʻur avtonom rayoni (ShUAR)
Xalq hukumati raisi Erkin Tuniyaz boshchiligidagi delegatsiyasini qabul qildi, deya
xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Uchrashuvda
Oʻzbekistonning Xitoy bilan savdosining qariyb 10 foizi ShUAR hissasiga toʻgʻri
kelishi, ushbu hudud etakchi kompaniyalari bilan hamkorlikdagi investitsiya
loyihalari portfeli 3,5 mlrd dollarni tashkil etishi maʻʻlum qilindi. Bu hamkorlik
“yashil” energetika va elektrotexnika, qurilish tarmogʻi va yangi turdagi qurilish
materiallarini ishlab chiqarish, metallurgiya, infratuzilmani modernizatsiya qilish va
boshqa yoʻnalishlarni qamrab oladi.
Shavkat
Mirziyoev ShUAR bilan oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish va qoʻshma
loyihalarni jadallashtirish muhimligini taʻʻkidladi. Innovatsion
texnologiyalar, qishloq va suv xoʻjaligi, transport va logistika, bank-moliya
sohasi, taʻʻlim, anʻʻanaviy tibbiyot kabi bir qator ustuvor yoʻnalishlar koʻrsatib
oʻtildi.
Uchrashuvda “Oʻzbekiston-Qirgʻiziston-Xitoy” temir yoʻlini qurish
loyihasini ilgari surishga ham
alohida eʻʻtibor qaratildi.
28 mart kuni Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ham ShUAR Xalq hukumati raisi Erkin Tuniyaz bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Qayd
etilishicha, oʻtgan yili Oʻzbekistonga Shinjon-Uygʻur avtonom rayoni, Shenʻsi,
Shanʻdun, Tszyansu, Tszyansi, Anʻxoy va boshqa provintsiyalar rahbarlari tashrif buyurgan.
Muloqot
davomida mazkur yoʻnalishdagi ishlarni yanada kengaytirish, shu bilan birga,
investitsiya, sanoat kooperatsiyasi, energetika, transport-logistika, qishloq
xoʻjaligi, taʻʻlim, turizm va boshqa sohalarda oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada
rivojlantirish zarurligi qayd etildi.