Oʻzbekiston TIV rahbari “Tolibon” bilan muzokaralar oʻtkazdi
Oʻzbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov vazir etib tayinlanganidan buyon ilk bor Afgʻonistonga tashrif buyurib, “Tolibon” harakatining bir qancha yuqori martabali amaldorlari bilan muzokaralar oʻtkazdi. Tomonlar hamkorlikning keng koʻlamli masalalari, jumladan, iqtisodiy aloqalarni faollashtirish masalalarini koʻrib chiqdi.
Tashqi
ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 12−13 mart kunlari Kobulga tashrif buyurib, Afgʻoniston
muvaqqat hukumatining yuqori martabali vakillari bilan ikki tomonlama
hamkorlikning keng koʻlamli masalalari, jumladan, iqtisodiy aloqalarni
faollashtirish masalalarini muhokama qildi. Bu haqda vazirning Telegram kanalida
xabar berildi.
Baxtiyor
Saidovning TIV rahbari sifatida Afgʻonistonga ilk tashrifida unga Oʻzbekiston
hukumati va xususiy sektori vakillari hamrohlik qildi.
Vazir
Afgʻoniston muvaqqat hukumatining bir qator mansabdor shaxslari — bosh vazir v. b.
Mulla Muhammad Hasan Oxund, bosh vazir oʻrinbosari v. b. Mavlaviy Abdul Salom
Hanafiy, bosh vazirning iqtisodiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari v. b. Mulla Abdul
Gʻani Barodar, tashqi ishlar vaziri v. b. Mavlaviy Amir Xon Muttaqiy, ichki ishlar
vaziri v.b. Xalifa Sirojiddin Haqqoniy, savdo va sanoat vaziri v. b. Nuriddin
Aziziy bilan uchrashuvlar oʻtkazdi.
“Muzokaralar
chogʻida oʻzaro hamkorlikning keng koʻlamli masalalarini muhokama qildik. Iqtisodiy
aloqalarni mustahkamlash, ishbilarmon doiralar oʻrtasidagi munosabatlarni yaxshilash
uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratishga alohida eʻʻtibor qaratdik”, - deyiladi
xabarda.
«Bizni boy va mushtarak tariximiz, umumiy anʻʻanalarimiz va
kelajagimiz birlashtiradi. Birgalikda amalga oshirishimiz mumkin boʻlgan koʻplab
imkoniyatlar mavjud», — deya taʻʻkidladi Baxtiyor Saidov.
Mulla Abdul Gʻani Barodar matbuot xizmatining yozishicha, u “Afgʻoniston Islom Amirligining iqtisodiy
yoʻnaltirilgan tashqi siyosat yuritish istagini taʻʻkidlab, mintaqaviy aloqalarga
alohida eʻʻtibor qaratdi. Bu maqsadga erishish uchun mintaqaviy hamkorlik, ayniqsa,
Oʻzbekiston bilan hamkorlik qilish zarurligini taʻʻkidladi”.
Mulla Barodar
Afgʻoniston va Oʻzbekiston orqali tranzit tashish darajasini oshirish, savdo
aloqalarini rivojlantirish, temir yoʻl tarmogʻini kengaytirish, Afgʻonistonga sarmoya
kiritish, transport va bojxona muammolarini hal etish, Oʻzbekistonda istiqomat
qilayotgan afgʻonlarni qoʻllab-quvvatlash zarurligini taʻʻkidladi.
Shuningdek,
u yoshlarga oliy taʻʻlim olish imkoniyatini yaratish boʻyicha birgalikdagi
saʻʻy-harakatlarni alohida qayd etdi.
Mulla
Abdul Gʻani Baradar Oxund suv xoʻjaligi va qishloq xoʻjaligini rivojlantirish
masalalarini muhokama qilar ekan, Afgʻoniston shimolidagi Qoʻshtepa kanali haqida
gapirib oʻtdi.
“Bu afgʻon
xalqining azaliy orzusi boʻlib, u uzoq davom etgan mojarolar va beqarorlik bu
orzuning roʻyobga chiqishiga toʻsqinlik qilmoqda. U Amudaryo havzasidagi boshqa
mamlakatlarda boʻlgani kabi, daryodan ham adolatli foydalanish tarafdori ekani,
Islom amirligi tiklanishi bilan kanalda taraqqiyot boshlangani, qoʻshni davlatlarni
xavotirga solmagan holda afgʻonlarning huquqlari taʻʻminlanganini taʻʻkidladi”, -
deyiladi xabarda.
Qayd
etilishicha, Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov mamlakat
Afgʻoniston bilan siyosiy va iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash tarafdori ekanini
tasdiqlagan. U
Oʻzbekistonga kanal va zamonaviy sugʻorish tizimlarini qurish loyihasi boʻyicha texnik
yordam koʻrsatishni taklif qildi, deyiladi xabarda.
Afgʻoniston TIV matbuot xizmati, shuningdek, vazirlar
muzokaralarda savdo va tranzit masalalari, jumladan, iqtisodiy hamkorlikni
kengaytirish maqsadida ishbilarmonlar va transport xodimlariga vizalar berishni
soddalashtirish masalalariga ham toʻxtalganini bildirdi.
Mavlaviy Amir Xon Muttaqiy Oʻzbekistondan import qilinadigan
elektr energiyasi taqchilligi masalasini koʻtarib, qishda bu oddiy aholiga ham,
iqtisodiyot tarmoqlariga ham taʻʻsir qilishini taʻʻkidladi.
Baxtiyor Saidov Oʻzbekiston doimo Afgʻonistonni
qoʻllab-quvvatlab kelganini aytib, uni Markaziy Osiyo va xalqaro hamjamiyatning
bir qismi sifatida koʻrishga chaqirdi.
Shuningdek, Afgʻonistonda tsement ishlab chiqarish, koʻmir qazib
olish va koʻmir asosida elektr energiyasi ishlab chiqarish sohalariga sarmoya
kiritishga qiziqish borligini taʻʻkidladi.